Axborot xizmati

Samarqand viloyati faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

Ma'lumki muhtaram Prezidentimiz Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilishini ma'lum qilgan edi. Shu bois 17 fevral kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibligi viloyat hokimligi hamkorligida mahallalarda faoliyat olib borayotgan mahalla mullalarini viloyatdagi mahallalarga biriktirib, mahalladagi har-bir xonadon bilan yaqindan tanishib chiqishi va muammoli xonadonlar bilan alohida tartibda ishlarini yo‘lga qo‘yishi uchun ularning oldilariga vazifalarni belgilab berdi.

 

Samarqand viloyati otinoyilar uchun o‘quv seminari tashkil etildi

Bugun 16 fevral kuni Samarqand shahrida joylashgan Konsert zalida viloyat hokimligi bilan hamkorlikda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda ayollar va yoshlarni turli yot g‘oyalardan, jinoyatchilikdan himoya qilishda otinoyilarning o‘rni, ayollar fiqhiy masalalari, bid'at xurofotlar va folbinlikning salbiy oqibatlari va qirq farz bayoni to‘g‘risida mashg‘ulot darslari bo‘lib o‘tdi.

 

RASMIY MUNOSABAT

So‘nggi yillarda respublikamizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi diniy-ma'rifiy yo‘nalishda ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda vijdon erkinligi huquqini ta'minlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimiz qadamjolarini obod qilish, boy tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilish, diniy sohada malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda.

 

Muftiy hazratlari madrasa ustoziga moddiy rag‘bat va ikki talabaga shartnoma to‘lovi sertifikatini taqdim etdilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari “Ko‘kaldosh” madrasasi ustoz va talabalari bilan uchrashuv chog‘ida bilim yurtining eng jonkuyar ustozi Jaloliddin domla Xolmo‘minovga besh million so‘mlik bir martalik moddiy rag‘bat hamda madrasaning ikki nafar talabasi – Muhammadxo‘jayev Ismoil va Ahmedov Abdulqodirning har biriga bir yillik o‘quv shartnomasi to‘lovi – 10 684 000 so‘mlik sertifikatlarini topshirdilar.

 

Yoqubjon domla Mansurov Kattaqo‘rg‘on shahar “Tegirmonboshi” jomesiga peshin namoziga tashrif qildilar

Bugun, 15 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Tegirmonboshi” jome masjidida peshin namozini jamoat bilan birga ado etdi.

 

Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jomesiga peshin namoziga tashrif qiladilar.

Bugun, 15 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili Zayniddin domla Eshonqulov  “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidiga peshin namoziga tashrif qiladilar.

 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Maxsudov Davronbek Rustamovich Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Maxsudov Davronbek Rustamovich 2004-2012 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimi, 2012-2018 yillar - Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi, magistratura bo‘limi boshligi, Islomshunoslik kafedrasi mudiri, 2018-2020 yillar - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO kafedrasi mudiri hamda hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Prezident maslahatchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo‘lib qoladi.
Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

 

144 nafar samarqandlik “Umra” ziyoratiga yo‘l oldi

Alloh taologa behisob hamdu sanolar bo‘lsin, Yurtimizda umra ibodatiga keng yo‘l ochilib, Baytullohni tavof qiluvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ilohim ko‘payishda davom etaversin!

 

SAMARQANDLIK ZIYORATCHILAR UMRA SAFARI UCHUN TAYYORGARLIK KO‘RMOQDA!

Bugun, 29 yanvar kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarovlar vakillik binosida Samarqandlik Umra safariga ziyoratiga boruvchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazdi.

 

BAYRAM TABRIGI

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi rahbariyati va jamoasi yurtimizning alp o‘g‘lonlarini, Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bel bog‘lagan, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lidagi xizmat qilayotgan azmu shijoatli harbiylarimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.

 

Muftiy hazratlari 24 dekabr kuni Sirdaryo viloyatidagi “Guliston” masjidiga juma namoziga tashrif qiladilar

Shu yil 24 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari juma namozini sirdaryoliklar bilan birga ado etish va mav'iza qilish uchun “Guliston” jomesiga tashrif buyuradilar.

Muftiy hazratlari tashrif davomida mo‘min-musulmonlar bilan samimiy muloqot qilish, tuman-shahar bosh imom-xatiblari va soha xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

Yetimning boshini silash, unga mehribonlik qilish qalbdagi qattiqlikni ketkazadi.

“Mehrning taftini tuyganmisiz?”

“Biror marta mehrdan to‘yganmisiz?”

Tabiiyki, ko‘pchiligimiz bu savollarni o‘qib hayron bo‘lamiz. Chunki hammamiz ota-onamizning, yaqinlarimizning mehridan to‘yib, jannatmonand Vatanimizning mehri taftini tuyib yashayapmiz. Ya'ni bizlarga mehr begona emas. Allohga beadad shukrlar bo‘lsin.

Islom dinida yetimlarga yordam berish qadrlagan sharafli va nihoyatda savobi ulug‘ amallardan hisoblanadi. Yetimlarga taom berish, kiyim-kechak ulashish, ta'lim va tarbiya berish eng xayrli ishdir.

Har bir inson hurmat-ehtiromga loyiq. Mehr-muruvvatga tashna, moddiy-ma'naviy ko‘makka muhtoj, ota-onasidan ayrilgan yetimlarga ikki karra ko‘proq mehr ulashish dinimizning asosiy ko‘rsatmalaridan.

 

Muftiy hazratlari Asaka shahridagi "Xolid ibn Valid" jome masjidiga 18 dekabr kuni peshin namoziga tashrif buyuradilar

 Ertaga, 18 dekabr kuni muftiy Nuriddin domla hazratlari Andijon viloyati Asaka shahridagi "Xolid ibn Valid" jome masjidida peshin namozini ado etib, mav'iza qilib beradilar.

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari vodiy viloyatlarida bo‘lib turibdilar.

 

Muftiy hazrat Qo‘qon shahridagi “Hazrati Abbos” jomesida juma namozida ishtirok etadilar

Qo‘qon shahri o‘zining muazzam va muhtasham obidalari bilan mashhur. Uning bag‘rida olimu fozillar, shoirlar, me'mor ustalar, qo‘li gul hunarmandlar ulg‘ayib, yetti iqlimga dong taratgani qadimiy manbalardan ma'lum.

Yangitdan qurib bitkazilgan “Hazrati Abbos” jome masjidi ham shaharga o‘zgacha tarovat baxsh etmoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing