O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SAMARQANDLIK ZIYORATCHILAR UMRA SAFARI UCHUN TAYYORGARLIK KO‘RMOQDA!

 
 

Bugun, 29 yanvar kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarovlar vakillik binosida Samarqandlik Umra safariga ziyoratiga boruvchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida Saudiya Arabistonida belgilangan karantin talablariga ko‘ra, Masjidi Nabaviy ziyorati va Umra tadbirini amalga oshirish “Tawakkalna” va “Eatmarna” mobil dasturlari orqali amalga oshirilishini, ziyoratchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, qulayliklar va ziyoratlarning karantin qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi borasida atroflicha tushunchalar berildi.

Safaroldi tashkil qilingan mazkur suhbat davomida ziyoratchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Eslatib o‘tamiz! Samarqandlik ziyoratchilar shu yilning 1 fevral kuni Umra ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/01/2022 13:04;   Ko‘rilganligi: 1133
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-ziyoratchilar-umra-safari-uchun-tayyorgarlik-kormoqda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing