O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

BAYRAM TABRIGI

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi rahbariyati va jamoasi yurtimizning alp o‘g‘lonlarini, Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bel bog‘lagan, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lidagi xizmat qilayotgan azmu shijoatli harbiylarimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.

Ona Vatanga xizmat qilish, davlat xavfsizligi va chegaralar daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz mudofaa qudratini yuksaltirish va jasorat bilan xizmat ko‘rsatish Siz o‘g‘lonlar chekida ekan, doimo to‘rt muchangiz but, qaddingiz tik, g‘ururingiz baland bo‘lsin. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/01/2022 08:22;   Ko‘rilganligi: 508
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bayram-tabrigi
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 01:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing