Yosh avlodni turli tahdilardan asrash davr talabi
Bugungi kunda mamlakatmizda yoshlarning manfaatlarini yanada to‘liq ta'minlashga yo‘naltirilgan, ularning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini kafolatlashga xizmat qiladigan huquqiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy tadbirlar tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Amaliy ishlar doirasida yosh avlodni hayotga qat'iy e'tiqod va qarashlar ruhida, mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan milliy, diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari bilan bog‘liq chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda
Giyohvandlikka qarshi kurashish hammamizning burchimiz
Samarqand shahrida joylashgan Bank kollejida “OITS va Giyohvandlikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda “Xo‘ja Yusuf” masjidi imomi Nodirxon Mallayev ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarni OITS va giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogohlantirdi: “Islom dini joriy bo‘la boshlagandan beri giyohvandlikning harom ekani, uni halol sanaydigan kishi kofir bo‘lib qolishi aytilgan va barcha ulamolar shunga ittifoq qilgan. Uni istemol qilish insonning diniga, aqliga, xulqiga, tabiatiga zarar bo‘ladi. Ibn Hojar rohmatullohi alayh giyohvandlik yetkazadigan 120 xil zararni sanaganlar. .Shuningdek, giyohvandlik moddalarini yeyish, ichish, hidlash va igna orqali qabul qilish mutlaqo harom ekanini takidlashgan. Giyohvand moddalarni iste'mol qilish, ishlab chikarish, ularning tijorati bilan shug‘ullanish oqibati baxtsizlikdir. Ulamolar giyohvand moddalar orqali qilingan kasb haromdir, ularni tasiri ostida o‘qilgan namoz qabul emas, ulardan kelgan foyda ham harom uni sadaqa ham qilib bo‘lmaydi, deganlar. Bu illat oqibatida shifosiz kasalliklar insonda paydo bo‘ladi va natija o‘lim bilan yakun bo‘ladi. Alloh taolo ato qilgan hayot ne'matini xorlagani uchun oxiratda ham jazo muqarrardir”.
Chekka hudularga tashrif davom etmoqda
Chekka, viloyat markazidan uzoq masofada joylashgan masjidlarda juma namozini o‘qish, namozxonlar bilan uchrashish maqsadida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov belgilangan reja asosida joylarda bo‘lib turibdi. Navbatdagi tashrif Ishtixon tumani “Dehqonobod” jome masjidi va Kattaqo‘rg‘on tuman “Chig‘atoy” masjidlariga bo‘ldi. Viloyat bosh imom-xatibi samimiy suhbat va do‘stona munosabatlar tarzida o‘tgan uchrashuvda namozxonlarni bugungi tinchlik va osoyishtalikka shukrona keltirish, yoshlarni tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashishga, shu muqaddas zaminda O‘zining ibodatini ado etib, yaxshilik bilan hayotga kechirishga chaqirdi.
“Markaziy osiyo umumiy uyimiz!” mavzusida xalqaro konferensiya ishtirokchilari Samarqandda
Toshkent shahrida Bag‘rikenglik haftaligi doirasida "Markaziy Osiyo - bizning umumiy uyimiz!" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. Tadbir davomida Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari Toshkentda millatlararo aloqalar hamda madaniy-gumanitar loyihalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Hasan Normurodov 80 yoshda
Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov tavvaludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari viloyat kengashi faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Viloyatdagi barcha imom-xatib, imom noib va otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Samarqand shahar “Konsertlar zali”da tuman va shahar bosh imom-xatiblari hamda barcha imom-xatib, imom noib va otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita masjidlar bo‘limi mas'ul xodimi Z. Sultonov ishtirok etdi.
Bulung‘ur tumani “Xo‘ja Hofiz” masjidida yangi tahoratxona ishga tushdi
Bulung‘ur tuman “Xo‘ja Hofiz” masjidi tahoratxonasi homiylar ko‘magi bilan zamonaviy holatga keltirilib, foydalanishga topshirildi. Namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Issiq-sovuq suv, sochiq, sovun kabilar bilan jihozlangan tahoratxona olti o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bitta yuvinish xonasi ham namozxon va masjid xodimlari foydalanishi uchun hozirlab qo‘yildi.






“Umra-2019” ziyorati boshlandi
Mamlakatimiz mo‘min-musulmonlari muborak haj va umra ibodatlarini ado etishlari uchun yildan-yilga qulay shart-sharoitlar tashkil etib kelinmoqda. So‘nggi yillarda ziyoratchilarga ko‘rsatiladigan tibbiyot, transport, mehmonxona xizmatlari va ibodat masalalaridagi yordamlar saviyasi sezilarli darajada oshganini alohida qayd etish kerak. Navbatdagi umra mavsumi ham boshlanish arafasida turibdi. Viloyat “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi hay'ati tomonidan Umra ziyoratiga boruvchi fuqarolarning tasdiqlangan ro‘yxati asosida “Umra-2019” ziyoratini namunali va tartibli tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Yoshlar tarbiyasi eng ustuvor vazifalardan biridir
Bulung‘ur tuman bosh imom xatibi To‘lqin domla Ravshanov tumandagi Samarqand mahallasi aholisi bilan, Yoshlar tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik, O‘z joniga qasd qilishni oldini olish va boshqa mavzularda suhbat o‘tkazdi.

Qalblari mehrga to‘la insonlar
Oramizda gapirish, ko‘rish va eshitish ne'matidan bebahra insonlar bor. Lekin ularning qalblari mehrga to‘la. Qo‘llari har doim duoda, tili kalimada. Aslida ular nogiron emas. Nogiron inson deb qalb ko‘zi ko‘r, lekin to‘rt muchasi sog‘ insonlarni aytish to‘g‘riroq bo‘ladi. Ishtixon tumani, Safoxo‘ja mahallasidada yashovchi Boboxo‘jayev To‘ychi akaning ham ko‘rish imkoniyati cheklangan. Ishtixon tuman bosh imom-xatibi Alijon Yaqubov mahalla faollari bilan To‘ychi aka xonadonida bo‘lib, u kishining holidan xabar oldi hamda ro‘zg‘ori uchun oziq-ovqat mahsulotlari hadya qildi.
Loqaydlik ijtimoiy illatdir
Samarqand shahar “Murod Avliyo” jome masjidida imom-xatibi Husenov Faxriddin mahallalarda faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida bugungi kunda eng dolzarb bo‘lib turgan missionerlik, o‘z joniga qasd qilish masalalari muhokama qilindi.

Ilm berilganlarning darajasi
Qo‘shrabot tumani “Nonberdi ota” jome masjidi imom-xatibi Hasan Saidqulov tumandagi 87-maktabda bo‘lib, o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘quvchilar bilan ilmning fazilati xususida suhbatlashib, ilm kishini ikki dunyo saodatiga eltishi haqida gapirar ekan quyidagilarni aytdi:
Musofirlik oson emas
“U sizlarga yerni bo‘ysundirib qo‘ygan zotdir. Bas, uning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng...” (Mulk surasi, 15-oyat).
Nikohni buzish islomda qoralanadi
Jamiyat oilalardan tarkib topadi, oilalar baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi. Oila va jamiyat tushunchalari bir-biriga bevosita chambarchas bog‘liqdir. Shunday ekan, kelajagi porloq jamiyat qurish uchun uning negizi bo‘lgan oilani ma'nan sog‘lomlashtirish talab qilinadi. Islom manbalarida oilani mustahkamlashga qanchalik chaqirilgan bo‘lsa, uni buzilishidan shunchalik qaytarilgan. Iqtisodiy yetishmovchilik, g‘iybat, tuhmat, turli gap-so‘zlar sabab yuzaga keluvchi oilaviy kelishmovchilik, sabrsizlik, yengil hayot ishtiyoqida nikohni buzish islomda qattiq qoralangan. Bu borada hadisi shariflarda: “Halol va ruxsat etilgan narsalarning ichida Alloh taologa xush kelmaydigani – taloqdir”, deb ta'kidlangan.
Bugun imomlardan oldingidanda faollik kutilmoqda
Albatta, bugun faoliyat olib borayotgan imomlarimiz shu zamonning din peshvolari va xalqni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi olimlardir. Jamoat imomi o‘z jamoatining rahbari, ularning yo‘lboshchisi, namozlarining va boshqa ibodatlarining to‘kis bo‘lishida asosiy xizmat ko‘rsatadigan peshvosi hisoblanadi. Shu bilan birga, ma'rifat targ‘ibotchisi hamdir.




















