O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari Samarqand viloyatida bo‘ldilar

 
 

21-22-noyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyatiga tashrif buyurdilar. Tashrifning birinchi kuni, 21-noyabrda Ishtixon tumani “Muhojirlar” jome masjidida bo‘lib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, tamirlash va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Masjidning  ta'mirlanish ishlari shu yilning avgust oyida boshlangan bo‘lib, bugungi kunda masjid binosi, ma'muriy xonalar va tahorotxonaning qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Muftiy hazratlari masjidning  qurilish, ta'mirlash ishlari yuzasidan zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalarni berdilar.

           

        Shu kunning o‘zida muftiy U.Alimov hazratlari Payariq tumanidagi “Islom nuri” jome masjidida bo‘lib, jamoat bilan xufton namozini birga ado etdilar hamda masjid faoliyati bilan tanishib, namozxonlar bilan suhbatlashdilar.

         22-noyabr kuni esa Oqdaryo tuman “Maxdumi A'zam” masjidida bo‘lib, Oqdaryo tumanida faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan uchrashdilar va din sohasi vakillari jumladan otinoyilarning vazifalari borasida ular bilan suhbatlashdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 22/11/2019 15:17;   Ko‘rilganligi: 1402
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-samarqand-viloyatida-boldilar
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 15:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing