Islom odob-axloq dinidir
Islom dini odob-axloq dinidir. Islomning eng katta darsi ham axloq darsidir desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Shu ma'noda Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh: “Dinning deyarli uchdan ikki qismi odobdir”, deganlar. E'tibor beradigan bo‘lsak, Alloh taolo O‘zining habibi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni vasf qilganida u zotning nasabi yoki mol-mulki, yoki shaklini vasf qilmagan. Balki: “Albatta, siz buyuk xulq uzradirsiz!” deb, u zoti bobarakotning axloqlarini va odoblarini vasf qilgan. Insonlarni tarbiyalashda turli xil uslub va yo‘llardan foydalanib kelingan. Hozirgi kunda ham yoshlarimizni yuksak ma'naviyatli, teran tafakkur va mustaqil fikrga ega insonlar etib tarbiyalashda teatr san'atining o‘z o‘rni bor. Buyuk ma'rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr - bu ibratxona” degan o‘lmas fikri bugun ham o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q.
Kattaqo‘rg‘onon shahar “Naqqibek” jome masjidi imom-xatibi Anvar Nazarov Kattaqo‘rg‘on shahar Drama teatrida faoliyat olib borayotgan ijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda teatr san'ati orqali yoshlarni tarbiyalash, ularning qalbiga ezgu g‘oyalarni singdirish, ilm-ma'rifat, halollik, to‘g‘rilik kabi fazilatlarni ularga yetkazish borasida fikr alamshilindi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 21/11/2019 14:46; Ko‘rilganligi: 1870
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 02:56