O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Olamlarga rahmat bo‘lgan payg‘ambar

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Hadis ilmi maktabida “Olamlarga rahmat bo‘lgan payg‘ambar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov, Hadis ilmi maktabi mudiri O.Yusupov, viloyatimiz faxriy imom va ulamolari, talabalar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan notiqlar Payg‘ambarimiz alayhissalomning tug‘ilishlari, hayotlari va muborak hadislari haqida so‘z yuritdilar. Shundan so‘ng Hadis ilmi maktabi talabalari o‘rtasida “Siz sahobani bilasizmi?” mavzusida viktorina bo‘lib o‘tdi. Unda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari tuhfa qilindi. Tadbir yakunida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlariga bitilgan arab va o‘zbek tilidagi baytlardan mutolaa qilindi.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/11/2019 17:15;   Ko‘rilganligi: 1121
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/olamlarga-rahmat-bolgan-paygambar
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 05:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing