O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yosh avlodni turli tahdilardan asrash davr talabi

 
 

Bugungi kunda mamlakatmizda yoshlarning manfaatlarini yanada to‘liq ta'minlashga yo‘naltirilgan, ularning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini kafolatlashga xizmat qiladigan huquqiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy tadbirlar tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Amaliy ishlar doirasida yosh avlodni hayotga qat'iy e'tiqod va qarashlar ruhida, mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan milliy, diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari bilan bog‘liq chora-tadbirlar ham  amalga oshirilmoqda

Ana shunday tadbirlardan birini Urgut tuman “Mang‘itobod” jome masjidi imom-xatibi Xolmuhammad Salimov tomonidan tumandagi 54-maktabning  11-sinf o‘quvchilariga hozirgi kundagi turli xil buzg‘unchi oqimlar va internetdan to‘g‘ri, unumli foydalanish haqida tushunchalar berildi.

Hozirda axborot makonining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan, yoshlarning hayotining ajralmas qismiga aylangan internet orqali ham turli tahdidlar kuzatilmoqda. Yosh avlod ma'naviy olamining daxlsizligini asrash uchun ularni doimo sergaklikka, ogohlikka va hushyorlikka chaqirish, bunday taxdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma'naviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish borasida yanada ko‘proq amaliy ishlarni kuchaytirish zarur. Toki ular milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin, johil aqidaparastlarning “da'vati” va begona g‘oyalar ulargai o‘z ta'sirini o‘tkaza olmasin, aksincha yoshlarimiz ularga qarshi o‘z ma'rifatlari bilan javob bera olsin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/11/2019 16:17;   Ko‘rilganligi: 1233
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yosh-avlodni-turli-tahdilardan-asrash-davr-talabi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 22:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing