Savob ishni har kun, har kim qilish kerak
Samarqand shahridagi “Hamid Olimjon” nomli Samarqand viloyat musiqali drama teatri binosida “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat, jamoat tashkilotlari, muassasalar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va Samarqand shahar masjidlarining imom-xatiblari qatnashdi. Tadbir davomida mamlakatmizda bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar hamda ularga qaratilayotgan e'tibor borasida so‘z yuritildi.


Har-bir yaxshilik besamar qolmaydi
Muqaddas dinimiz – islom dinida inson, shaxs manfaati eng birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Qur'oni karimning bir qator o‘rinlarida, bu umuminsoniy yuksak qadriyat alohida ta'kidlangan. Islom inson uchun lozim bo‘lgan ma'naviy va moddiy manfaatlar uyg‘unligini o‘zida mujassam eta olgan dindir.
“Sobit tur, ey Uhud! Sening ustingda Nabiy, Siddiq va ikki shahid turibdi”
Uhud tog‘i Madinaning shimoliy tarafida joylashgan muborak bir tog‘dir. Tog‘ning uzunligi 7 kilometr, kengligi 2-3 kilometr, balandligi esa 350 metrga yaqin. Tog‘ Madinai Munavvaradan taxminan 4-5 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uhud tog‘ida bir necha g‘or va daralar mavjud bo‘lib, ba'zi g‘orlarning balandligi bir yarim metrni, uzunligi esa o‘n metrni tashkil etadi.
Mehrga tashna qalbga bir shirin so‘z ham aziz
Ma'lumki, dinimiz Islom rahmat dinidir. U mehr-muruvvatga, ezgulikka chorlaydi, rahmdillikni tarannum etadi. Ko‘plab oyati karimalar va hadisi shariflarda Allohning bandalariga nisbatan rahmli, marhamatli bo‘lishga targ‘ib etilgan. Agar ushbu dinning jonli timsoli bo‘lmish payg‘ambarimiz Muhammad (alayhissalom)ning siyratlariga, yurish-turishlariga ibrat nazari bilan qaraydigan bo‘lsak, qilgan ishlari va aytgan so‘zlari ustida tafakkur yuritsak, rahmat bu dinning mohiyati ekanligiga amin bo‘lamiz. Alloh taolo ushbu dinni insoniyatga olib kelgan zot haqida bejiz: “Batahqiq, Biz Seni olamlarga faqat rahmat qilib yuborganmiz!” (Anbiyo: 107) deya marhamat qilmagan.
Viloyat bosh imom-xatibi olisda joylashgan masjidlarda bo‘ldi
Chegara hudud va markazdan olisda joylashgan masjidlar bilan tanishish maqsadida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Urgut tumanida bo‘ldi. Viloyat bosh imom-xatibi safar davomida “Quyiqishloq” jome masjidida bo‘lib, masjidning bugungi holati, namozxonlar uchun hozirlangan sharoit, qishgi mavsumga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Masjid qavmi bilan suhbatlashib, Allohga shukronalik keltirish, yoshlar tarbiyasi, oilalarning mustahkamligi borasida suhbatlashdi.
Shundan so‘ng yangidan bino qilinayotgan “Boybul” masjidiga tashrif buyurib, u joyda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Masjid shaharsozlik me'yorlari va qoidalariga muvofiq zamonaviy loyihaga asosan qurilmoqda. Qurilish ishlari 2017 yil boshlangan. Hozir masjid binosi to‘liq qad rostlagan. Uning tom qismi yopilgan bo‘lib, gumbazlar o‘rnatilgan.
Viloyat bosh imom-xatibiga ushbu safar davomida Urgut tuman bosh imom-xatibi Sh.Haqberdiyev hamrohlik qildi.
Viloyat bosh imom xatibi matbuot anjumanida ishtirok etdi
Samarqand viloyat matbuot uyida viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadqulov va viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda D.Mamadqulov viloyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida, mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohatlar,viloyat diniy soha vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida yig‘ilganlarga ma'lumot berdi.
Samarqandlik ziyoratchilar Umra safariga kuzatib qo‘yildi
Oldin xabar berganimizdek, Umra safarining yangi mavsumi boshlangan edi. Bugun, 30 noyabr kuni Samarqand viloyatidan 229 nafar ziyoratchilarning ikkinchi bosqich guruhlarini viloyat vakilligida kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, hokimliklarning mas'ul vakillari hamda ziyoratga boruvchilarning yaqinlari ishtirok etdi. Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Umra safarining tartib qoidalari, safar intizomi haqida tushunchalar berib, ziyoratlari maqbul, mabrur va bexatar bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qildi. Ziyoratchilar bugunning o‘zidayoq Toshkent-Jidda yo‘nalishi bo‘ylab Saudiya Arabistoniga parvoz qiladilar.


Ushbu guruhdan oldin Umra safariga ketgan ziyoratchilarimiz muborak Makka shahrida ziyoratlarini ado etmoqdalar. Eslatib o‘tamiz, ular ertaga, 1 dekabr kuni Toshkent shahriga uchib keladilar.
Saylovga tayyorgarlik jarayonlarida imom-xatiblar ishtiroki
Samarqand tumanidagi “Agromir-Samarkand” qo‘shma korxonasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harkati O‘zbekiston – Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Samarqand tumani hududidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi.
Ushbu tadbirda Samarqand tuman bosh imom-xatibi Bahodir Sharipov ham ishtirok etib, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligi yo‘lida hamma birdek mas'ulligi haqida o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Yoshlar tarbiyasida beparvolik - kelajakka xiyonat
Samarqand viloyat yuridik kollejida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish hamda ular proflaktikasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamda Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Mo‘min” jome masjidi imom-xatibi Jahongir Hatamov ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari kelajagimiz bo‘lgan yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, farzandlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itadigan turli zararli ta'sirlardan himoya qilish, bu boradagi beparvolik el-yurtimiz oldida, tarix va kelajak oldida xiyonat ekani, jamiyatimizda illat bo‘lib turgan jinoyatchilik, estremistik, aqidaparast oqimlarga qo‘shilib qolish, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarning fojiaviy oqibatlarini keng jamoatchilikka tushuntirish kerakligi haqida gapirib o‘tdilar.
Yosh oila quruvchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda
Oiladagi sog‘lom muhitni barqarorlashtirish, milliy mafkura va dinimizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar oilada bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshirilishini har bir yosh oila boshlig‘i va yoshlarga yetkazishni amalga oshirish va ularni oilaviy hayotga tayyorgarligini yaxshilash maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlari viloyat va tuman imom xatibligi vakillari ishtirokida markazlarda maxsus o‘quv-tarbiyaviy kurslar sifatida tuzilgan "Yosh oila maktabi"da nikoh va oila masalalari bo‘yicha zarur saboq berilmoqda.
Yoshlar tarbiyasida imom-xatiblar ham mas'ul
O‘zbekiston aholisining 60 foizdan oshig‘ini yoshlar tashkil etadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular har tomonlama barkamol bo‘lishi uchun mamlakatmizda barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan.
Samarqand viloyat vakilligi binosida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Unda Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamatqulov, “Movarounnahr” nashriyoti bosh muharriri Abdul Jalil Xo‘jam, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov hamda viloyatdagi barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda joylardagi masjidlarning imom-xatiblari ishtirok etdi.
Jomboy tuman ishchi guruhi axoli bilan uchrashdi
Jomboy tumani bosh imom xatibi Nurbek Xidirov Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish ishchi guruhi bilan Ahmadjon Qurbonov mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi. Tadbir "Hududlarda Ijtimoiy- ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, kiyinish madaniyati, diniy maraka va marosimlarni o‘tkazishda diniy soha vakillari va mahalla xodimlarining hamkorligi" to‘g‘risida o‘tkazildi.
Olis mahalla aholisi bilan uchrashuv
Urgut tumanining chekka hududida joylashgan Jartepa aholisi bilan suhbat qurish, ularning turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Urgut tuman “Shayx Muhiddinxon” jome masjidi imom-xatibi Tursunov Nodir ushbu mahallaga tashrif buyurdi. U joyda aholi va 2-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv va suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida tinchlik va osoyishtalik, ne'matlarning qadriga yetish, yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga tayyorlash borasidagi muhim jihatlarga e'tibor berish kabi mavzularda so‘z yuritildi.
Tadbirdan so‘ng “Shayx Muhiddinxon” jome masjidi imom-xatibi N.Tursunov Jartepa mahallasida yashovchi kam ta'minlangan oila farzandining holidan xabar oldi va unga qishgi kiym sovg‘a qildi.
Qayerda bo‘lsang ham Allohga taqvo qil
Bugun dunyo xalqlari Yer kurrasining istalgan nuqtasiga borib, o‘zining iqtidoriga munosib ish topib, mehnatiga yarasha haq olish imkoniga ega bo‘lmoqda. Jumladan, yurtimiz istiqlolga erishib, jahonga yuz tutgach, vatandoshlarimiz ham dunyoning istalgan mamlakatiga borish, u yerda istiqomat qilish, tijorat qilish va ishlash huquqiga ega bo‘ldilar. Xorijda istiqomat qilayotgan yoki ish, o‘qish maqsadida chet elga ketgan yurtdoshlarimiz dinimiz ta'limotlariga amal qilib, namozlarini mazhabimiz asosida ado etishlari, musofirlikka oid hukmlar, halol-harom masalalarini yaxshi bilishlari zarur. Har xil firqa, oqimlarning aldovlariga uchib, tuzog‘iga ilinib qolmasligi kerak. Buning uchun fuqarolarimizda mazhab, milliylik kabi tushunchalar mujassam bo‘lishi talab etiladi.




















