O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat masjidlaridagi qurilish va ta'mirlash ishlari

 
 

So‘ngi vaqtlarda mamlakatimizda yurt ravnaqi, millat kelajagi, din rivoji va xalq farovonligi yo‘lida diqqatga sazovor islohatlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday xayrli ishlardan biri, yurtimiz musulmonlari ibodat qilishlari uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilayotganligidir. 

Masjidlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, namozxonlarga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish borasida Samarqand viloyatining bir qancha masjidlarida keng ko‘lamli qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Qo‘shrabot tumani “Jo‘sh ota”, Samarqand tumanidagi “Imom A'zam” va Jomboy tumanidagi “Islomobod” masjidlarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari bilan tanishdi hamda masjidlarning zamonaviy, milliy me'morchilik an'analari asosida ta'mirlash, namozxonlar uchun qulay sharoitlar hozirlash, yong‘in va boshqa xavsizlik choralari bilan ta'minlanishi borasida ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.    

Qo‘shrabot tumani “Jo‘sh ota” jome masjidi

Samarqand tumanidagi “Imom A'zam” jome masjidi

Jomboy tumanidagi “Islomobod” jome masji

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/11/2019 15:29;   Ko‘rilganligi: 1159
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-masjidlaridagi-qurilish-va-tamirlash-ishlari
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 06:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing