JIHOD – ISLOMNI KUCH BILAN YOYISHMI?
Bu o‘rinda shuni ta'kidlash lozimki, terrorchilik bilan «jihod» orasida hech qanday munosabat, o‘xshashlik va aloqa mavjud emas, balki ular orasida jiddiy qarama-qarshiliklar bor.
Tasavvuf haqida tasavvur: SHAYX MASALASI
Tasavvuf masalalarining aksariyati bahsli bo‘lsa ham, ularning ba'zilarida tortishuv haddan tashqari ko‘p va ixtiloflidir. Ana shulardan biri shayx haqidagi masaladir.
Ahli tasavvufning o‘zi har bir narsani shayxga bog‘lab qo‘ygan bo‘ladi. Tasavvufning muxoliflari esa tasavvufni tanqid qilishga shayx haqidagi fikrlar va shayxlarning siyratlarini qurol qilib oladilar. Ammo o‘rtacha yo‘l tutganlar ham bor.
Fitnaga aldanmang
Yer yuzida odamzod paydo bo‘libdiki, uning boshidan turli xil sinovlar o‘tdi va o‘tmoqda. Ba'zilari Alloh taologa osiylik qilishib yer yuzidan butkul yo‘qolib ketishdi. Ba'zilari esa Alloh taoloning roziligini topish yo‘lida g‘ayrat qilishdi va yuksak maqomlarga erishdi. Alloh taoloning raxmati bandalari uchun nihoyatda keng ekanligini yaxshi bilamiz. Bu haqda Alloh taolo o‘z kalomida, “Agar bergan ne'matlarimni sanayman desalaring, hargiz uddasidan chiqa olmaysizlar”, deb marhamat qilgan. Demak berilgan ne'matlarni hatto sanog‘iga yeta olmas ekanmiz, mana shu ne'matlarga shukr qilishimiz lozim.
Al-Azhar universiteti: Muqaddas dinlar bunday jinoiy harakatlardan xolidir
Misr Arab Respublikasining al-Azhar universiteti Fransiyaning Nitssa shahridagi hujumgv munosabat bildirdi. Ushbu munosabatda jumladan shunday deyiladi:
Alloh va Uning Rosulidan yuz o‘git I 17-o‘git: Rosulullohga ko‘p-ko‘p salovot ayting!
Alloh va Uning Rosulidan yuz o‘git!
17-o‘git: Rosulullohga ko‘p-ko‘p salovot ayting!
MAVLIDU SHARIF TARIXI VA TARTIBOTLARI
Bashariyatni zulmatdan nurga, zalolatdan hidoyatga olib chiqqan zot – Payg‘ambarimiz Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttolib (s.a.v.) Makka shahrida, Abdulmuttolib xonadonida milodiy 571 yilning to‘rtinchi oyining dushanba kuni tongda tavallud topdilar. Bu quvonchli hodisa hijriy-qamariy oy hisobida Robi'u-l-avval oyiningo‘n ikkinchi (ba'zi manbalarda esa to‘qqizinchi, o‘n, o‘n birinchi) kuniga to‘g‘ri keladi, deyilgan. Shunga ko‘ra Robi'u-l-avval oyida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan kunlarini nishonlash, “Mavlidu-n-nabiy” marosimlarini o‘tkazish va u zoti sharif haqlariga duoi salovatlar aytish dunyo musulmonlari orasida keng tarqalgan. Mavlidu-n-nabiy uchun islom ulamolari tomonidan maxsus kitoblar ham tasnif etilgan. Shunday kitoblardan biri XIII asrda yashab o‘tgan arab olimi Imom Ja'far Barzanjiyning qalamiga mansub “Mavlidu-sh-sharif” kitobidir. Kitob nasr va nazmdan iborat bo‘lib, uni ulamolar yoddan bilganlar yoki savodxonlar majlislarda o‘qib berganlar.
Siyrat ilmining buyuk ustozi
Arab tilida yozilgan manbalarni mutolaa qilar ekansiz Buxoriy, Samarqandiy, Shoshiy, Termiziy, Nasafiy, Xorazmiy, Keshiy, Farg‘oniy, Namangoniy deya tanilgan yuzlab, balki minglab olimlarning ismiga va ularning yozgan nodir asarlariga duch kelasiz. Ular haqida aytilgan maqtovlar, ularning ilm darajalari va qilgan xizmatlarini o‘qisangiz beixtiyor ana shunday zotlarning avlodi ekaningizdan faxrlanasiz. Ana shunday zotlardan biri ulug‘ muhaddis Abu Iso Termiziydir. U zotning siyrat fanida yozgan “Shamoil” kitobi bu sohada katta burilish yasadi. Quyida u zotning hayotlari va ushbu asarlari haqida olib borilgan ilmiy tadqiqot ma'lumotlarini e'tiboringizga havola qilamiz.
Alloh taolo osmondami?” yohud “Joriya hadisi” haqidagi bor haqiqatlar
“Alloh taolo osmondami?” yohud “Joriya hadisi” haqidagi bor haqiqatlar
Alloh ta'ologa beadad hamdu – sanolarimiz va Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bo‘lsin.
Farzand tarbiyasida ismning ahamiyati
Har bir kishi turmush qurgandan keyin farzandli bo‘lgisi keladi. Bu farzandni bozori ham bahosi ham bo‘lmaydi. Inson farzandli bo‘lgandan keyin unga chiroyli ism qo‘yib aqiqasini qilib berishlik har bir ota-onaning vazifasi hisoblanabi. Ayniqssa otalar bolasining tarbiyasi bilan alohida shug‘ullanishi kekakki chunki qiyomatda otalar farzandlardan so‘raladi. Birinchi o‘rinda farzandi uchun yaxshi ona tanlagandan keyin unga yaxshi bir ism qo‘yishlik va qo‘ygan ismidan kelajakda o‘zi ham bolasi ham uyalmasligi lozimdir. Xozirgi kunimizda ba'zan odamlar bolalariga qaysidir mashhur kishilarni ismini qo‘yayotganini guvohi bo‘lib qolamiz. Bu albatda yaxshi agar bizning dinimizga va millatimizga to‘g‘ri kelsa. Agar to‘g‘ri kelmasa, bunaqa ishlarni qilmaganimiz ma'qul. Misol uchun o‘g‘il bolalarga “Ranaldo”, “Messi” qizlarga “Luiza”, “Klara” va shunga o‘xshash ismlar bizlar uchun begona va nomunosibdir.
Yoshlar tarbiyasi — jamiyatdagi muhim masala!
Darhaqiqat, inson hayoti bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Bu bosqichlar ichida umrning yoshlik bosqichi alohida ahamiyatga egadir. Yoshlik insonning eng nozik davri hisoblanib, insonning quvvatga to‘lgan va harakatchanligi ziyoda bo‘lgan vaqtidir. Shu bilan birga bu davr insonning hayot yo‘llarining chorrahasida turgan payti hamdir. Agar, o‘sha chorrahada yaxshi yo‘lga kirib olinsa, o‘zi, oilasi, xalqi, vatani uchun juda katta yaxshilik sari yuzlangan bo‘ladi. Agar, Alloh taolo ko‘rsatmasin, mazkur chorrahada yomon yo‘lga burilib ketsa, o‘zi, oilasi, xalqi, vatani uchun ko‘ngilsiz hodisalar sari qadam qo‘ygan bo‘ladi.




















