Долзарб мавзу

Musulmonni kofir deb bo‘lmaydi

Allohning yagonaligi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uning elchisi ekaniga iymon keltirgan kishi musulmon hisoblanadi. 

Islom borasidagi ko‘pgina xatolar qatori bu masaladagi xato ham asosan kishilarning diniy bilim saviyasining yo‘qligi yoki xatoligidan kelib chiqadi. Eng yomoni o‘sha kamchilikni to‘g‘rilashga harakat qilmaslikdir. Shu so‘zni tili bilan aytib, qalbi bilan tasdiq etsa bo‘ldi. Hech kimga insonning iymonini o‘lchash huquqi berilmagan. Ming afsuski, soxta salafiy va shu kabi adashgan gumroh kishilar gunoh ish qilib qo‘ygan musulmonlarni kofir deb, uning qoni va molini halol sanamoqda.

Musulmon kishini kofirga chiqarish mumkin emasligi borasida Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Uch narsa iymonning aslidir:

 

SEN OLAMNING XO‘JAYINI EMASSAN!

Borliqqa nisbatan yer sayyorasi okeandagi bir tomchi suvchalik ham emas. Shunday bo‘lsada ana shu kichkina sayyoradagi bir bo‘kkan odamcha kishilarga: "Men sizning oliy robbingizman!", degan edi. Muhimi shuki, ana shu "men sizning robbingizman" degan odamchani bizning oliy Robbimiz dengizning sho‘r suviga bo‘ktirdi. So‘ngra uni insonlarga ibrat bo‘lishi uchun o‘chib qolgan jasad holida qirg‘oqqa uloqtirdi. Allohning biz bandalariga ibrati ko‘p. Ammo undan ibratlanadigan bandalari oz. Hali ham ba'zilar o‘zlarini borliqning markazi deb o‘ylashadi. Hamma go‘yo ularning atrofidan aylanishi shart.
Ulardan bo‘lib qolmaslik uchun doimo quyidagilarni ko‘z o‘ngimizda qo‘yishimiz lozim:

 

Bemorlik – ham ne'mat, ham...

Islom dinida kasalni ziyorat qilish eng ulug‘ savobli amallardan biri hisoblanadi. Barcha ezgu amallar kabi bu ishni ham astoydil, ixlos bilan ado etish lozim. Kishi bemor bo‘lganda savobli va xayrli ishlarni qila olmay qolsa, bemor paytida ham shu ishlarining savobi yozilaveradi. Muborak dinimizda bemorning har bir holati ibodat qilgan qatorida sanaladi. Kasallik tufayli musulmon kishi ulkan ajru savobni qo‘lga kiritadi, gunohlari kechiriladi. Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "Musulmonga qiyinchilik, kasallik, tashvish, xafalik, aziyat va g‘am-g‘ussa yetadigan bo‘lsa, hattoki tikon kirsa ham, Alloh taolo o‘shalar bilan uning gunohlarini ketkazadi" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

 

Tortishuv va murosasizlik gunohi kabiradir

Alloh taolo marhamat qiladi: «(Ey Muhammad), odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapirgan gapi hayoti dunyoda sizga qiziq tuyuladi» (Baqara surasi, 204).

Ya'ni, shunday kimsalar borki, bayon qilish san'ati yetukligidan gapirayotgan gapidan lol qolasan, hayratlanasan. Lekin ular yolg‘onchi, munofiqdirlar. Ularning «hunarlari» bu dunyodagina o‘tadi. Oxiratda esa qalblaridagi sirlardan boxabar bo‘lgan, g‘ayblarni bilguvchi Zotgina hokim bo‘ladi.

Bugungi kunda mana shunday gapdonlar musulmonlar orasida ixtilof va tafriqani keltirib chiqarmoqdaki, shu paytgacha hamjihat bo‘lgan musulmonlar o‘zlari bilmagan holda tafriqaga bo‘linib qolmoqdalar.

 

Musulmonning vafodor ayoli

Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
«Musulmonning xotinidek ayolni dunyoda topolmaysiz. Uning kabi vafodorni olamda yo‘q. Buning isboti shuki, u er­ning xizmati bilan birga uning­ ota-onasi, aka-ukasining ham xizmatini qilib, duosini olaveradi. Vaholanki erning ota-onasiga xizmat qilish unga vojib emas. Uzoq qarindoshingiz kelsa ham uni ham ochiq chehra bilan kutib olaveradi. Siz yillab musofirlikda yursangiz ham sizni kutib yuraveradi. Vaholanki, ayolning ruxsatisiz 4 oydan oshiq muddatga musofir bo‘lish mumkin emas. Kechasi soat 2 da kelsangiz ham, eshikni ochib, sizga ovqat ham qilib beraveradi…

 

Bemor yaqinlarimizni karantin davrida masofadan turib yo‘qlaylik!

Islom dinida kasalni ziyorat qilish eng ulug‘ savobli amallardan biri hisoblanadi. Barcha ezgu amallar kabi bu ishni ham astoydil, ixlos bilan ado etish lozim. Kishi bemor bo‘lganda sog‘ paytidan ko‘ra yaxshiroq amal yoziladi. Uning har bir holati ibodat qilgan bilan teng.

Janobi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Kasalning ingrashi – tasbeh, ohi – tahlil, nafasi – sadaqa, uyqusi – ibodatdir, bir tomondan ikkinchi tomonga ag‘darilishi – Alloh yo‘lida jiddu jahddir. Unga sog‘lik vaqtidagi amaldan yaxshiroq amal yoziladi”, – dedilar.

 

SOXTA SALAFIYLARGA ERGASHMANG!

Bugungi globallashuv jarayonida Islom ummatlari o‘rtasida turli tafriqalar kelib chiqmoqda. Bilib-bilmay xar xil firqalarning ta'sir doirasiga tushib qolgan ba'zi yoshlarning bunday xato yo‘lga kirib qolayotgani kuzatilmoqda. Keyingi paytlarda Islom mafkurasi va tarixiga zid g‘oyalari bilan qayta namoyon bo‘layotgan “soxta salafiylik” oqimi o‘zlarining aqidaviy va huquqiy masalalarini ko‘pincha suriyalik Ibn Taymiya (1263-1328) ta'limoti bilan asoslamoqchi bo‘lishadi. Ibn Taymiya asarlarida, islomga turli bid'atlar kirib qolgani aytilib, musulmonlar va ular yashayotgan jamiyatlarni, Qur'on va sunnat ta'limotiga asoslangan yo‘lga solish zarur, degan g‘oyalar ilgari suriladi.

 

Inson qadrlangan o‘lkaga Allohning rahmati yog‘iladi

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Yaxshiliklar, xayrli ishlar bardavom bo‘lib, inson qadri ulug‘langan yurt doimo taraqqiy etadi. Xalqi hamjihatlikda, mehr-muruvatda umrguzaronlik qiladi. Shu bois ham mamlakatimizdagi bosh islohotlarda inson sha'ni, uning qadr-qimmatiga katta e'tibor berilmoqda.

 

SHAXS VA JAMIYAT HYOYOTIDA AQIDANING O‘RNI

Sog‘lom aqida ulkan mo‘jizalar yaratadi. Zero, u qaysi insonning qalbidan joy olsa, uni xotirjam, ruhan tinch va hayotidan mamnun qilib qo‘yadi. Aqidaning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni juda katta, samarasi esa beadaddir. Quyida ularning ayrimlarini zikr qilib o‘tamiz:

Birinchisi, shaxsdagi nafs xotirjamlikka va hayotidan qo‘rqmay yashashga o‘rgatadi.Musulmonkishi o‘lim haq ekanini, bugunmi yo ertami, unga ham navbat yetishini biladi. Alloh taolo umrni o‘lchab berganiga aniq ishonadi. Chunki Qur'oni karimda Alloh taolo: “Alloh biror jonni ajali kelganida kechga qoldirmas. Alloh qilayotgan (barcha) amallaringizdan xabardordir”, degan. (“Munofiqun” surasi, 11-oyat). Shuningdek, ajali yetsa, uni bir lahzaga bo‘lsin keyinga surish imkonsizligini ham biladi. Shuning uchun u hayot yo‘llarida sobitqadam bo‘ladi, hech narsa zarar qilmaydi, biror narsa uchun o‘zini xor qilib qo‘ymaydi, sog‘lom aqida egasi Parvardigori huzuridan kelgan hamma narsani taqdiriga rozilik bilan qarshi oladi.

 

G‘iybat barcha yaxshiliklarni kul qilib barbod qiladi.

Bilingki, g‘iybat kishilarda tarqalgan eng xunuk xislatlardandir. Bu xislatdan kishilarning ozginasigina omonda qoladi, xolos. Agar Alloh bu yomon xislatdan asramasa va yoki Payg‘ambari o‘zi guvoh bo‘lgan kishilarni bu yomon illatdan ogoh etib qaytarmasa va yoki zamonasining mardi haq kishilari ta'sirli so‘zlari ila o‘z qo‘li ostidagi kishilarni qaytarmasa bundan tiyilish ancha qiyin va mushkuldir.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing