AZIZ YOSHLAR! MAFKURAVIY TAXDIDLARDAN XUSHYOR BO‘LAYLIK
Bugun biz dunyoning iqtisodiy, ijtimoiy va turliy ma'naviy, mafkuraviy tortishuvlari keskin tus olayotgan murakkab bir davrda yashamoqdamiz. Bu murakkab vaziyatda ham, ma'rifatli dunyo xalqlari, halqaro xamjamiyatlar bilan tinch totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o‘zaro manfaatli xamkorlik qilish tarafdorimiz. Xozirgi kunda bir davlat ustiga qo‘shin tortib borish, bostirib kirish kabi katta taxdidlar oldida, arzimas ko‘rinadigan ma'naviy va mafkuraviy taxdidlar ham borki, bu mafkuraviy taxdidlarga e'tibor berilmasa, oldini olinmasa, o‘rnini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin.
Xarbiy, iqtisodiy, siyosiy taxdidlar bo‘lsa, buni sezish, ko‘rish va avvaldan oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy taxdidlarni avvaldan bilish, uning salbiy ta'sirlarini, salbiy oqibatlarini oldindan tezda ko‘ra olish juda qiyin ish.
Ayni damlarda ham, afsuski ko‘plab yoshlarimiz internet tarmoqlari orqali nasl nasabini tayini yo‘q, diyniy ma'lumoti yo‘q, kimlarga xizmat qilishini bilmasdan turib, noma'lum kimsalarning yot g‘oyalari va mafkuralari ta'sir doirasiga tushib qolmoqdalar. Bu salbiy mafkuralar ta'sir doirasida, oilasidgi milliy qadryatlarni, vatanida bo‘layotgan rivojlanish va xayrli ishlarni ko‘ra olishmayaptilar.
Dinimizda kattani xurmat, kichikni izzat qilishga amr etilgan, buni hamma biladi, lekin ba'zi ongi bo‘sh, mafkuraviy ta'sir doirasiga tushib borayotgan yoshlarimiz, o‘zini parvarish qilgan ota-onalarini, oq-qorani tanitgan ustozlarini dindan chiqqanlikda ayblashmoqdalar.
Payg‘ambarimiz alayxissalom aytadilar:(Buzuq va kofir bo‘lmagan odamni, buzuq va kofir degan odamning o‘zi kofir va buzuqdir), deganlar. Bu xadisga e'tibor berilsa, yurtimiz ulamolarini, yurtimiz musulmon axolisini kufrda ayblash naqadar xatarli va kimga zarar ekanligi ma'lum bo‘lib qoladi.
Noma'lum shaxslarning birinchi bosqich g‘oyalari yoshlarni dinidan chiqarish bo‘lsa, keyingi bosqichi, yoshlarni jixod qilish kerak, xijrat qilish kerak deb, vatanidan, Suriya, Afg‘oniston kabi urush o‘choqlariga olib chiqishdir. Aslida esa Suriya, Afg‘onistonda xech qanday jixod bo‘layotgani yo‘q, musulmon olamiga dushman kuchlar tomonidan uyushtirilgan juda katta fitnalar amalga oshirilmoqda. Aziz yoshlar xushyor bo‘laylik, minglab-minglab aldangan musulmonlar, musulmonni o‘ldirsa qandoq jixod bo‘ladi.
Dinimizda musulmon musulmonni o‘ldirish uyoqda tursin, obro‘sini to‘kishni ham xarom qilgan. Endi ota-onasini, yurt ulamolarini, musulmonlarini obro‘sini to‘kib, musulmon yurtlarga borib musulmonlarni o‘ldirayotganlarni kim deb atash mumkin. Allox ta'alo Oli Imron surasini 105-oyatida siz bilan biz musulmonlarga xitob qilib:(O‘zlariga ochiq bayonotlar kelganidan keyin bo‘linib, tafriqaga tushganlarga o‘xshash bo‘lmanglar! Ana o‘shalarga ulug‘ azob bordir.).
Dunyoga ochiq ko‘z bilan qaramoqlik, yon atrofimizda mavjud bo‘lgan, tobora kuchayib borayotgan mafkuraviy taxdidlarga doim tayyor turish barchamizni vazifamizdir.
Xususan yoshlarimizning ma'naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun, ularning qalbi va ongida sof islom ta'limotini, milliiy va umummilliy qadriyatlarimizniga xurmat extirom tuyg‘ularini joylashimiz kerak.
Jahongirxon Abrorov manbalar asosida
Kiritilgan vaqti: 18/02/2022 09:10; Ko‘rilganligi: 799
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:53