Maqolalar

ISLOM - TINCHLIK, BAG‘RIKENGLIK VA MA'RIFAT DINI (5-maqola)

Islom tinchlik, xotirjamlik va mohiyatan yengillik dinidir. Uning e'tiqod qiluvchilarga faqat yengillikni ravo ko‘rishi mo‘tabar manbalarda yetarlicha bayon etilgan. Ma'lumki, shariat ahkomlarini joriy etish Alloh yoki U izin bergan payg‘ambarlarga xos. Boshqa hech kim, biror-bir sababga ko‘ra bu ishni amalga oshirishi, bandalar ustiga shar'iy amrni joriy qilishi mumkin emas. Payg‘ambar Muhammad (alayhissalom) ham o‘z ummatlariga doim yengillik, osonlik, o‘rtahollikni istab kelganlar.

 

Islom dinida bag‘rikenglik g‘oyalari (3-maqola)

Shunisi e'tiborga molikki, jahon dinlarining ichida, faqat Islom dinida e'tiqod erkinligi ochiq- oydin e'lon qilingan. Qur'oni karimning Baqara surasi 256-oyatida «La ikroha fid-din», ya'ni «Dinda majburlash yo‘q» deyilgan. Ba'zi radikal oqim vakillari jihodning urush ma'nosida kelgan oyatlar nozil bo‘lgandan so‘ng ushbu oyat mansuh bo‘lgan, deb iddao qiladilar. Vaholanki, Qur'on ilmlari orasida nosix va mansux ilmi bo‘lib, bu ilm oyatlarning qay biri nosix va qay biri mansuxligini o‘rganishga oid ilmdir. Bu borada suriyalik mashhur ulamo Ramazon Butiy bunday deydi: «Qur'on ilmlaridan bo‘lmish nosix va mansux masalalari faqatgina hukmiy oyatlarga taalluqlidir. «La ikroha fid-din» oyati esa «jumla xabariyya», ya'ni darak gap bo‘lib, u hech qachon mansux bo‘lmagan. Shuning uchun boshqa din vakillarini majburan islom diniga kiritish Qur'on oyatlariga ziddir. Qolaversa, islom diniga majburlab e'tiqod qildirilgan insonning imoni Allohning nazdida zarracha ham qadrli bo‘lmaydi».

 

ISLOM - TINCHLIK, BAG‘RIKENGLIK VA MA'RIFAT DINI (4-maqola)

Tinchlik urush va nizolarga barham berish orqaligina taminlanadi. Afsuski, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarni keltirib chiqarish yo‘li bilan o‘z maqsadlariga erishishni ko‘zlaydigan kuchlar bor ekan, sun'iy ravishda nizoli vaziyatlarni vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar ham to‘xtamaydi. Zero, g‘oyalar kurashi avj olgan XXI asrda ham tinchlik ne'mati ko‘plab mamlakatlar uchun hamon orzu bo‘lib kelmoqda. Bunga 2011-2019 yillarda bazi arab mamlakatlarida ro‘y bergan va hamon davom etayotgan siyosiy inqirozlar oqibatida yuzaga kelgan qonli to‘qnashuvlar misol bo‘la oldi. Mazkur ommaviy tartibsizlik tufayli Tunisda 300 nafar, Misrda 800 nafar, Liviyada 14 ming nafar, Suriyada 140 minga yaqin kishi halok bo‘lgan. Yaqin Sharq davlatlarda bo‘lib o‘tgan xunrezliklar, go‘yoki “arab bahori” nomi bilan begunoh odamlarning yostig‘ini quritayotganlar ham asosan dinni niqob qilib olgan kuchlar ekani, ular ekstrimistik oqim va terroristik g‘uruhlardan foydalanayotgani ham hech kimga sir emas.

 

Hayo – eng oliy axloqiy fazilat

Hayo har qanday oliy xulqning negizi bulib, insonni yaxshilikka undaydi, yomonlikdan uzoq yurishga chaqiradi. Rasululloh alayhissalom aytganlaridek: “Hayo faqat ezgulik keltiradi”. Ayniqsa ayol-qizlarimiz uchun ziynat hisoblanadi. Ulug‘larimiz aytgan ekan: “Ayolning chiroyi hayosidadir, hayosiz go‘zallikdan xunuk narsa yo‘qdir”. Hadislardan birida ta'riflanadiki hayo payg‘ambarlardan payg‘ambarlarga ma'naviy merosdir.Odamlar orasida avvalgi payg‘ambarlardan saqlanib qolgan gap shuki – agar uyalmasang xoxlagan ishingni qilaver. Hadisdan ko‘rinib turibdiki uyatli ishlarni qilishda nafsni tiyish, odamlarning ta'na malomatlariga sabab bo‘ladigan ishlarni qilmaslik, hayoning mazmuni hisoblanadi. Hayoning ziddi bo‘lgan, beandishalik esa insonlarni yomon tuban holatlarga tushiradi.

 

Islom dinida bag‘rikenglik g‘oyalari (davomi)

Jahon dinlari ichida eng yoshi hisoblangan islom dini o‘zining ilk davridayoq bag‘rikenlik dini sifatida namoyon bo‘ldi. Ma'lumki, islom o‘zidan avvalgi dinlarni (yahudiylik, nasroniylik) e'tirof etibgina qolmasdan, ularning haq-huquqlarini qonun bilan mustahkamlab qo‘ygan. Shuningdek, ularning madaniyat va an'analariga ehtirom bilan qarashga hamda ular bilan adolatli munosabatda bo‘lishga buyurgan. Alloh taolo Qur'oni karimda bunday deydi:«... biror qavm (kishilari)ni yoqtirmaslik sizlarni ularga nisbatan adolatsizlik qilishga undamasin!» (Moida, 8).

 

ISLOM - TINCHLIK, BAG‘RIKENGLIK VA MA'RIFAT DINI (3-maqola)

«Islom» so‘zining arab tilidagi lug‘aviy ma'nosi- “bo‘ysunish”, «itoat etish», istilohda esa, Allohga til bilan imon keltirib, dil bilan tasdiqlash, uning ko‘rsatmalariga bo‘y sunishni anglatadi. Shuningdek, «Islom» so‘zining o‘zagi «salom» bo‘lib, tinchlik, sulh ma'nosini anglatadi. Bunga dalil sifatida bir naslga mansub odamlar o‘rtasida xavfsizlikni ta'minlashi, farovonlik va hamkorlikni anglatishini keltirish mumkin. «Salom» so‘zi Qur'onning 30 dan ortiq joyida takrorlangan. Shuning bilan birga, u Alloh taoloning go‘zal ismlaridan biridir».

 

O‘z joniga qasd qilish – tubanlikdir

Mashhur sahobiy Abu Hurayra r.a.dan shunday rivoyat qilinadi: Payg‘ambar s.a.v. dedilar: “Musulmon kishiga yetadigan har bir dard; qiyinchilik, musibat, qayg‘u-alam, ozor yoki g‘am va hatto unga kirgan tikon sababli ham Alloh taolo uning xatolarini kafforat qiladi”.

 

Fotiha surasining nomlari

 Qur'ondagi ayrim suralarning fazilati, ularning ahamiyati haqida ko‘plab hadislar bor. Ular shu suralarning ulug‘ligiga, sharafiga va uni o‘qigan kishiga ko‘plab ajrlar bo‘lishiga ishora o‘laroq kelgandir. Shunday ulug‘ suralardan biri – Qur'onning dastlabki surasi “Fotiha”dir. Bu sura Makkada nozil bo‘lgan va yetti oyatdan iborat.

 

Islom dinida bag‘rikenglik g‘oyalari

Islom dinining tinchlik va osoyishtalikka bo‘lgan e'tibori yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda, bag‘­ri kenglik uning negizi hisoblanadi. «Bag‘rikenglik» tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, so­siologiya, falsafa, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi. Lotincha «tolerare», ya'ni «chidamoq», «sabr qilmoq» ma'nosini anglatgan bu so‘z, asosan biror narsani, o‘zgacha fikr yoki qarashni, o‘z shaxsiy tushunchalaridan qat'iy nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan kabul qilishni anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi ma'no kasb etib, «chidamlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik», «o‘zgacha qarashlar va harakatlarga xurmat bilan munosabatda bo‘lish», muruvvatlilik», «himmatlilik», «kechirimlilik», «mehribonlik», «hamdardlik» kabi ma'nolarga ega.

 

KORONAVIRUS SOYASIDAGI DINBUZARLAR yoxud buzg‘unchilar faollashgani haqida

Ayni kunimizdagi voqelikka nazar

2020 yilda butun dunyo koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bilan band bo‘lgan, davlatlar o‘z fuqarolarining salomatligi borasida qayg‘urayotgan, odamlar esa qiyinchiliklarga duch kelayotgan bir pallada ekstremistik kuchlar o‘z qing‘irliklarini faollashtirish payida bo‘lmoqda.

 

ISLOM - TINCHLIK, BAG‘RIKENGLIK VA MA'RIFAT DINI (davomi)

Darhaqiqat, yurt tinchligi, birdamligi va sog‘lom muhitni qaror toptirish uchun odamlarda eng avvalo, daxldorlik hissinn kuchaytirish darkor. Daxldorlik bu shaxsning   yon-atrofida biror noxushlikni ko‘rganida beparvo bo‘lmasligi, bu ko‘ngilsizlik bugun unga zarar keltirmayotgan bo‘lsa, balki ertaga o‘zining ham boshiga tushishi mumkin ekanini his qilgan holda yashash demakdir. Shunday ekan, ogoh va hushyor bo‘lish davr talabi bo‘lib qolayotganini alohida ta'kidlash zarur. Azaldan turmushning obodligi, oilaning mustahkamligi va tinch-osuda hayot kechirish o‘zbek xalqining orzusi bo‘lib kelgan.

 

Ahli ummatning millati bir!

Bugungi kunda butun yer yuzida barcha mamlakat fuqarolari ekstremizm va terrorizmni nima ekanini to‘g‘ri anglab oldi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Bu mavzu borasida juda ko‘p maqolalar yozildi. Uning paydo bo‘lgan, xuruj qilgan davrigacha ma'lumotlar yetarli. Bu ikki atamaning oldiga “diniy” so‘zini (aslida din niqobida) qo‘yib nomlanishi Ali va Muoviya (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) o‘rtasidaga kelushuv, tahkim voqeasidan sung, Ali roziyallohu anhuning qo‘shinidan unga qarshi ajralib chiqqan Xavorijlarga bog‘lanishi tarixda muhrlanib qoldi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing