O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islom dinida bag‘rikenglik g‘oyalari (3-maqola)

 
 

Shunisi e'tiborga molikki, jahon dinlarining ichida, faqat Islom dinida e'tiqod erkinligi ochiq- oydin e'lon qilingan. Qur'oni karimning Baqara surasi 256-oyatida «La ikroha fid-din», ya'ni «Dinda majburlash yo‘q» deyilgan. Ba'zi radikal oqim vakillari jihodning urush ma'nosida kelgan oyatlar nozil bo‘lgandan so‘ng ushbu oyat mansuh bo‘lgan, deb iddao qiladilar. Vaholanki, Qur'on ilmlari orasida nosix va mansux ilmi bo‘lib, bu ilm oyatlarning qay biri nosix va qay biri mansuxligini o‘rganishga oid ilmdir. Bu borada suriyalik mashhur ulamo Ramazon Butiy bunday deydi: «Qur'on ilmlaridan bo‘lmish nosix va mansux masalalari faqatgina hukmiy oyatlarga taalluqlidir. «La ikroha fid-din» oyati esa «jumla xabariyya», ya'ni darak gap bo‘lib, u hech qachon mansux bo‘lmagan. Shuning uchun boshqa din vakillarini majburan islom diniga kiritish Qur'on oyatlariga ziddir. Qolaversa, islom diniga majburlab e'tiqod qildirilgan insonning imoni Allohning nazdida zarracha ham qadrli bo‘lmaydi».

Bu borada Payg‘ambarimiz Muhammad (alayhissa- lom) islom ummatigagina emas, butun insoniyatga namuna bo‘ldilar. U zot Madinaga hijrat qilganlarida davlat ishlaridagi barcha amallari o‘sha yerlik yahudiylar bilan ularning aqidalarini hurmat qilishga asoslangan aqdnoma tuzish bo‘ldi. Rasululloh (alaydissalom) ahli kitobdan bo‘lgan qo‘shnilari bilan yaxshi munosabatda bo‘lar, hadya berib, ulardan ham turli hadyalar qabul qilardilar. Madinaga Habashiston nasroniylarining vakillari kelganda ularni masjidga tushirib, ziyofat berdilar va xizmatlarini qildilar. Hatto, Najron nasroniylariga masjidning bir tomonida ibodat qilishga ijozat berdilar.

Asli nasroniy rohibi bo‘lgan ingliz tarixchisi Karen Armstrong «Muqaddas urush» kitobida bunday yozadi: «Muhammad faqatgina Makka mushriklari bilan emas, bir paytning o‘zida mahalliy yahudiy qabilalari bilan til biriktirib hujumni rejalashtirgan Shom nasroniylari bilan ham urushishga majbur bo‘lgan edi. Ammo bu uning qalbida dushmanlarga nafrat tug‘dirmadi, uni ahli kitobni la'natlashga olib kelmadi. Musulmonlar hayotlarini himoya qilishga majbur bo‘lishdi. Lekin dushmanlarining diniga qarshi muqaddas urushga kirganlari yo‘q. Bordi-yu, urishishga majbur bo‘lib qolishsa, ipsonparvarlikni unutishmasdi. Ular diniy xodimlarni, rohiblarni bezovta qilishmasdi, urushda qatnashmayotgan ojiz kishilar, ayollar, yosh bolalar, keksalarga tegishmas, ularga zarar yetkazishmas edi. Ular tinch aholini o‘ldirishmagan, bino va uy-joylardan hech birini vayron qilishmagan».

O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 09/07/2020 09:07;   Ko‘rilganligi: 1916
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/islom-dinida-bagrikenglik-goyalari-3-maqola
Chop etilgan vaqti: 14/12/2024 13:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing