YOSHLARIMIZNI TURLI ILLATLARDAN SAQLASH – DAVR TALABI.
Xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni bugungi kun yoshlarining unib, o‘sib, ulg‘ayib hayotga qanday kirib borishlariga chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadigan bizning yurtimizda buning ahamiyati katta. Albatta, yurt taraqqiyotiga xizmat qiladigan yoshlar o‘z-o‘zidan yetishib chiqmaydi. Balki, ularning tarbiyasi, ta'limi bilan shug‘ullanish, ularni ilm olishga qiziqtiradigan sharoitlar yaratish zarur bo‘ladi. Shuningdek, yoshlarni ezgulikdan chalg‘ituvchi yomon illatlardan ham himoya qilmog‘imiz lozimdir.
ISLOM DINI VA MILLIY QADRIYATLARIMIZDA - USTOZLARGA BO‘LGAN MUNOSABAT
“Haqiqatan ham, har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma'noda fidoiy kasb egalaridir.”[1] Shavkat Mirziyoev
Darhaqiqat, ustoz-murabbiylar jamiyat ertangi kunining bunyodkorlaridir. El-yurtning moddiy va ma'naviy taraqqiyoti ustozlarning mehnati va jamiyatning ularga nisbatan nechog‘lik qadrlashiga bevosita bog‘liqdir.
Dinimizda ustoz-muallimlarning o‘rni yuqori baholanadi.
MAVLIDU SHARIF TARIXI VA TARTIBOTI
Bashariyatni zulmatdan nurga, zalolatdan hidoyatga olib chiqqan zot – Payg‘ambarimiz Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib sollallohu alayhi vasallam Makka shahrida, Abdulmuttalib xonadonida milodiy 571 yil to‘rtinchi oyining ikkinchi dushanba kuni ertalab tavallud topdilar. Bu tarixiy hodisa qamariy hisobida rabiul avval oyining o‘n ikkinchi (ba'zi manbalarda esa to‘qqiz, o‘n, o‘n birinchi) kuniga to‘g‘ri keladi. Shunga ko‘ra rabiul avval oyida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan kunlarini nishonlash, “Mavlidun Nabiy” marosimlarini o‘tkazish va u zoti sharif haqlariga duoi salavotlar aytish dunyo musulmonlari orasida keng tarqalgan an'anadir. Mavlidun Nabiy uchun islom ulamolari maxsus kitoblar ham tasnif etilgan. Shunday kitoblardan biri XIII asrda yashab o‘tgan arab olimi Imom Ja'far Barzanjiyning qalamiga mansub “Mavlidush sharif”dir. Kitob nasr va nazmdan iborat bo‘lib, uni ulamolar yoddan bilgan, marosimlarda o‘qib bergan.
BILSALAR EDI, BUNDAY QILMASDILAR...
Farzandidan g‘azablangan, urgan ota-onalarni ko‘rganimda Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning shu so‘zlarini eslayman:
"BILSALAR EDI, BUNDAY QILMASDILAR..."
Bilsalar edi, bolalarining jismi onalarni tashlab ketmasa-da, qalban ularni tark etishlari va hech qachon qaytmasliklarini...
Bilsalar edi, singan buyumlar, betartib uylar, kirlangan kiyimlarning chorasi osongina topilar ekan, singan ko‘ngillar, uzilgan rishtalar, kirlangan niyatlar osongina o‘z holiga qaytmasligini...
USTOZIM FAXRIM
Bismillahir roxmanir roxiym.
Alloh taola quroni karimda shunday marxamat qilgan: “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martabalarga ko‘tarur. Alloh qilayotgan barcha (yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir” (Mujodala 11-oyat).
Islomda homilador va emizikli ayollar uchun yengilliklar
Tibbiyot xodimlari homilador ayollarga homila yaxshi rivojlanib, sog‘lom holatda dunyoga kelishi uchun ham ko‘proq harakat qilishlarini tavsiya etadilar. Ayollar homilador va bolasini emizadigan paytlarda avalgidanda ko‘proq e'tiborga muhtoj. Chunki, bu vaqtda onalarning jismoniy va ruhiy jihatdan tez toliqib, salomatligi oldingi holatidan o‘zgaradi. Muqaddas dinimizda ushbu holatlarda onalarning salomatliklariga alohida e'tibor qaratilgan.
Ezgu kasb egalari
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov xazratlarining yurtimiz ahli ilmlariga yullagan murojaatini eshitib nihoyatda ta'sirlandim. Chunki, ushbu murojaatning o‘zi ahli ilmlilar uchun ulkan maktab va kelgusidagi farliyatini tartibga solishda zarur dasturilamal, yo‘riqnoma bo‘ldi desak aslo mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
MULOYIM BO‘LAYLIK!
Istiqlol yillarida, xususan so‘nggi besh yil ichida mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlar, go‘zal o‘zgarishlar amalga oshirildi. Diniy sohada ham juda katta ijobiy ishlar amalga oshirildiki, buning shukronasini ado etmog‘imiz lozim. Xususan, masjidlarimizning soni 2100 tadan oshib, diniy ta'lim yo‘nalishiga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, 3 ta diniy ta'lim muassasasi: Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi, Samarqandda Hadis Ilmi oliy maktabi va Surxondaryoda Imom Termiziy madrasasi ochilgan bo‘lsa, Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy, Toshkentda Imom Motrudiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari ish boshladi. Diniy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari bir necha baravar oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlarining - ahli ilmlarga qilgan murojaatlariga munosabat...
Qur'oni karimda Alloh taolo bunday marhamat qilgan: “Bas, (ey Muhammad! Ummatingizga) eslating! Zotan, Siz faqat eslatuvchidirsiz” (G‘oshiya surasi, 21-oyat). Boshqa oyati karimada esa bunday deyiladi: “Eslating! Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat yetkazur” (Zoriyot surasi, 55-oyat). Alloh taolo ibrat olishlari uchun insonlarga ko‘plab ne'matlarini ato qilgan. O‘z Payg‘ambariga buyurib, siz mana shu ibrat-dalillarni odamlarga eslating, risolatni ularga yetkazing. Nasihat qiling, kerakli o‘rinlarda Allohning azobidan qo‘rqiting, jannatidan bashorat bering. Shu tariqa ularni haq yo‘lga, hidoyatga chorlang, demoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovning ahli ilmlarga qilgan murojaatlariga munosabat
Darhaqiqat, ahli ilmlar xalqni va jamiyatni to‘g‘rilikka ergashtiruvchilar bo‘lib, ayni damda payg‘ambarlarning merosxo‘rlari hisoblanadilar. Odamlarning qo‘llaridan tutib, ularni yuksalish tomon yetaklaydilar. Alloh taoloning shariatiga amal qilishda go‘zal xulq bilan ziynatlanadilar va odamlarni ham shunga da'vat qiladilar. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovning ahli ilmlarga qilgan murojaatlari ham ayni mana shu nuqtaga qaratilgan edi. Ahli ilmlarni go‘zal xulqlar bilan xulqlanishlariga va odamlarni hikmat va go‘zal mav'iza bilan to‘g‘rilikka da'vat qilishlariga chaqirdilar. Shu o‘rinda muftiy hazratlari ahli ilmlar ziynatlanishi zarur bo‘lgan xulqlar bor ekani va bunga barcha birdek amal qilishlari kerak ekanligiga ishora qildilar.
SAMARQAND – EZGULIKLAR OG‘USHIDA!
Bugun mahobatli binolari va mehmodo‘stligi bilan o‘zining uzoq o‘tmishi va buguni haqida salobat bilan darak berib turgan Samarqand tarixiy uchrashuvlargamezbonlik qilmoqda. E'tiborli jihati shundaki, bu tadbirda Osiyo va Yaqin Sharq hududigi kiruvchi 14 mamlakat prezidentlari hamjihatlik va taraqqiyot yo‘lida jamlanmoqdalar.
SHHTning navbatdagi sammitipandemiya sabab uzilish bo‘lib qolgandan keyin bugungi o‘ta tahlikali zamonda Samarqandda bo‘lib o‘tayotganligi behikmat emas. Zero, SHHTni isloh qilish bo‘yicha har tomonlama muhim masalalar,ma'lum bir vaqt davomida osilib qolgan ko‘plab muammolar ham aynan bugun Samarqandda muhokama qilinadi.
Samarqand - Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixida muvaffaqiyatning yana bir sahifasini ochishiga shubha yo‘q
Ayni damlarda mamlakatimizda, xususan, ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan SHHTning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston bugunga qadar jami SHHT sammitlariga uch marotaba mezbonlik qilgan bo‘lsa, barcha anjumanlar poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Bu safargi sammit “Buyuk ipak yo‘li”ning chorrahasida joylashgan azim va ulug‘vor Samarqand shahrida o‘tkazilmoqda.




















