ALLOH TAOLONI TANISH.
Insonni mukarram ,aqlli qilib yaratilishi unga Xoliqini tanishlikni vojib qiladi.Allohni tanishlikka aql shart qilingandir.Sog‘lom aql o‘z egasini dunyo malomatlaridan va oxirat nadomatlaridan asraydi. Aql egasi uchun borliqni yaratguvchisini tanimaslikda xech kanday uzr yuq. Ba'zi xabarlarda Allohni tanimaslik ko‘zning oq va qorasi orasichalik kufrga yakindir deyilgan. Har bir inson tabiatida Yaratguvchisini tanishlikka moyillik bor. Bunga Qur'on oyatlari va Payg‘ambarimiz sallallohu alyhi vasallam hadislarida dalolatlar kup. "Kim Alloxni tanimasdan dunyodan o‘tsa do‘zaxda qoladi "- deyilgandir "Zohirur rivoya"da. Imom A'zam" Agar Alloh payg‘ambarlar yubormaganda ham, bandalarga o‘z aqllari bilan Allohni tanishlik vojib bo‘lardi"- deganlar. Barchamiz miysoq kunida Allohni Robbimizsan deb ahdu paymon berganmiz. Harbir inson islom fitratida tug‘iladi. O‘zini tanigan har bir banda Robbisini taniguvchidir.
("Sharhu Badil amali "kitobi matni asosida tayyyorlandi)
Kiritilgan vaqti: 17/11/2022 12:02; Ko‘rilganligi: 780
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/alloh-taoloni-tanish
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:25
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:25