Maqolalar

MATONATLI BANDALAR

Kishilar muntazam tansihatlik, doimiy sog‘liq haqida qanchalik qayg‘urishmasin, bu yo‘lda nechog‘li fidokorlik ko‘rsatishmasin, har vaqt, har qachon batamom salomat bo‘lishning aslo iloji yo‘q.

 

GIYOHVANDLIK-UMRNING EGOVI

So‘nggi paytlarda tobora avj olayotgan odam savdosi, narkobiznes, xalqaro terrorizm va ekstremizm dunyo miqyosdagi eng xavfli jinoyatlardan sanaladi. Chunki ular hudud va chegara bilmaydi, millat va elat tanlamaydi, aksincha, barcha xalqlar tinchligi va ravnaqiga  birdek rahna soladi. Insoniyatni turli kulfatlarga giriftor qilib, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy va huquqiy  jihatdan o‘ta xunuk va mudhish oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham barchasi yuqumli o‘lat – vaboga qiyoslanadi. Bu ta'rif bejiz emasligiga giyohvandlik balosi misolida ham ishonch hosil qilish mumkin.

 

Terrorizm to‘g‘risida nima bilamiz

Ma'lumki, terrorizm va ekstremizm balolari nafaqat bugungi kunda, balki u mavjud bo‘lgan barcha zamon va makonlarda insoniyat va jamiyat uchun tom ma'nodagi fojia bo‘lib kelgan.  Bugungi notinchliklar hukm surayotgan mintaqalarning deyarli barchasidagi barqaror vaziyatni izdan chiqaruvchi omillari ham mazkur ikki narsadir.

 

FOLBIN VA BASHORATCHILARGA ISHONMANG

Musulmon kishi folbinlarning gapiga ishonishi, uni to‘g‘ri deb bilishi sof Islom aqidasiga zid ekanligini har bir kishi bilib olishi kerak. Folbin arab tilida “kohin” deyiladi, ya'ni kelajakda bo‘ladigan ishlarni bilishini da'vo qiladi. Bashoratchi arab tilida “arrof” deyiladi. So‘rovchining gapiga qarab yo‘qolgan narsaning joyini, olgan shaxsning ba'zi bir sifatlarini aytib berishini da'vo qiladi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Kim folbinga borsa va uning aytgan gapiga ishonsa Muhammad sollalohu alayhi vasallamga nozil qilingan narsaga kofir bo‘libdi”. Imom Buxoriyning “Sahih”larida Oisha roziyallohu anho onamizdan quyidagi rivoyat keltiriladi: “Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan folbinlar haqida so‘rashdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ular hech narsaga arzimaydi”Yu dedilar. Odamlar, ey Allohning Rasuli, ba'zan ularning aytganlari to‘g‘ri bo‘lib chiqadiku deyishdi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U haqdan bo‘lgan bir kalima bo‘lib, jinlardan biri uni ilib oladi va folbinning qulog‘iga yuzdan ortiq yolg‘onni qo‘shib yetkazadi” -dedilar.

 

Alloh bandalariga Mehribondir

Rasuli akram sallollohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.

“Alloh bir kimsaga besh narsani berdimi, unga yana besh narsani tayyorlab qo‘ygan bo‘ladi:

 

Vatanga xiyonat qiluvchilarning turlari

Tug‘ilib o‘sgan ona yurtiga bo‘lgan muhabbatning eng go‘zal namunasini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ko‘rsatganlar. U zot sollallohu alayhi va sallam ummatlarini doimo ona-Vatanga muhabbatli bo‘lishga chorlaganlar. Hadisi shariflardan birida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makka shahridan shunday marhamat qilganlar:      
“(Ey Makka!)Agar qavmim meni sendan chiqarmaganda, hech ham o‘z ixtiyorim bilan seni tashlab ketmagan bo‘lardim”, deydilar.        

 

Ilm - ikki dunyo saodati manbaidir

            Hozirgi paytda dunyo hayotidagi taraqqiyot va rivojlanishni ilmsiz ravnaq topgan, yuksalgan deb bo‘lmaydi.

            Xalqimizda “olim bo‘lsang olam seniki” degan ibora bejiz aytilmagan. Inson qanchalik ilm olishda davom etar ekan, uning bilim doirasi kengayib boradi, tafakkuri ochiladi, teran fikrlaydi. Shuning bilan biga har qanday ishning yechimini topadi.

 

Masjidlar Allohnikidir

Avvalo masjidga borayotgan kishi niyatni xolis qilmog‘i lozim:

“Bas, Allohga dinni xolis qilgan holingizda yolboring” (G‘ofir, 14-oyat).

“Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil bo‘lmaslikka, namozni to‘liq o‘qishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu to‘g‘ri millatning dinidir” (Bayyina, 5-oyat).

“Va, alabatta, masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmang (Jin, 18-oyat).

 

“Salafiylar”ning faoliyat uslublari

Soxta salafiylar o‘z g‘oyalarini yoyishda yashirin xujralar tizimi faoliyatini kuchaytirish, unda asosan yoshlarni o‘qitish va ularga  diniy mutaassib g‘oyalarini sigdirishga asosiy e'tibor qaratiladi. Jumladan, soxta salafiylikka mansub “Turkiston islom harakati” terrorchi guruhi Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zining buzg‘unchi g‘oyalarini targ‘ib etishda yashirin xujralar yordamidan foydalanishga intilib kelgan.

 

Islom – sof aqidadan iborat

Dunyodagi har bir xalq yoki millat biror-bir dinga ishonadi. Xususan, o‘zbek xalqi Islom diniga e'tiqod qiladi. Haqiqiy islom dini insonga aziz va mukarram zot sifatida qarab, uning ma'naviy kamolotiga xizmat qiladi. U mehr-oqibat, diyonat, adolat, halollik va poklikka da'vat etadi. Dinni o‘ziga niqob qilib olgan yovuz g‘oya va mafkuralarning eng ko‘p tarqalgan shakllaridan biri aqidaparastlikdir. Bunday ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga qadam qo‘ygan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik, osoyishtalik, taraqqiyotga tahdid solmoqda. Aqidaparastlik qayerda, qachon faoliyat ko‘rsatishiga qaramasdan, hamisha jamiyat uchun xatarli hodisa bo‘lgan. Dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor ekan, jamiyatda ilg‘or g‘oyalar paydo bo‘laveradi. Buzg‘unchi g‘oyalar esa vayronkor intilishlar tufayli yuzaga keladi.

 

Hasad - kalb kushandasi

Ulamolar: “Har qanday dushmanchilikning sababi hasaddan boshqa narsa bo‘lsa, u dushmanchilik do‘stlikka aylanishi mumkin. Ammo dushmanchilikning sababi hasad bo‘lsa u dushmanlik aslo do‘stlikka aylanmaydi” -deyishgan. Buning misoli Otamiz Odam alayhissalom bilan shayton alayhi la'naning dushmanligidir. Shayton Odam alayhissalomga berilgan maqomni ko‘rolmadi, unga hasad qildi. Shuning uchun shayton alayhi la'na bilan Odam farzandlari abadiy dushmandirlar.

 

Biz ham borarmizmi Ka'batullohga?

Muborak safarga borib kelganlar,

Biz ham borarmizmi Ka'batullohga?

Zam-zam bulog‘idan qonib kelganlar,

Biz ham borarmizmi Ka'batullohga?

Yer yuzida qancha mo‘min musulmon,

Saflanar muqaddas qiblasi tomon,

Alloh nasib etsa bo‘lsak sog‘-omon,

Biz ham borarmizmi, Ka'batullohga?

Makka-yu Madina ziyoratgohdur,

Gunohni kechiruvchi yolg‘iz Allohdur,

Shafoatgohimiz Rasulullohdur.

Ta'magirlik qilmay bir xoru xasdan,

Umrning gulzori xazon bo‘lmasdan,

Ko‘zlar kosasiga tuproq to‘lmasdan,

Biz ham borarmizmi, Ka'batullohga?

Biz ham borarmizmi, Ka'batullohga?

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing