Alloh bandalariga Mehribondir
Rasuli akram sallollohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.
“Alloh bir kimsaga besh narsani berdimi, unga yana besh narsani tayyorlab qo‘ygan bo‘ladi:
Rasuli akram sallollohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.
“Alloh bir kimsaga besh narsani berdimi, unga yana besh narsani tayyorlab qo‘ygan bo‘ladi:
- Bir kishiga shukr qilishni nasib etgan bo‘lsa, unga (ne'matining) yanada ziyodasini ham tayyorlagan bo‘ladi;
- Duo qilishni nasib etganmi, duosining qabulini tayyorlab qo‘yibdi;
- Istig‘for aytishni bergan bo‘lsa, mag‘firat (kechirish)ni tayyorlagan bo‘ladi;
- Tavbani beribdimi, qabulini ham tayyorlabdi;
- Sadaqa berishni nasib etgan bo‘lsa, qabul etilishini ham hozirlab qo‘ygan” (Tabaroniy rivoyati).
Olimlarning ko‘pchiligi aytadi: “Tafakkur besh xildir va ulardan besh narsa yuzaga keladi:
- Allohning oyatlarini tafakkur qilish- bundan tavhid va sobit imon yuzaga keladi;
- Alloh baxsh etgan ne'matlarni tafakkur qilish- bundan muhabbat (ilohiy ishq) yuzaga keladi;
- Allohning va'dasini tafakkur qilish- bundan rag‘bat paydo bo‘ladi;
- Allohning qaytarig‘ini (ilohiy tahdidni) tafakkur qilish- bundan haybat (Allohdan qo‘rquv) paydo bo‘ladi;
- Allohning shuncha fazlu ehsoniga qaramay, bandalikni ado etishdagi kamchiliklarini tafakkur qilish- bundan hayo yuzaga keladi.
Alijon YAQUBOV - Ishtixon tuman bosh imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 02/12/2019 13:57; Ko‘rilganligi: 1645
Chop etilgan vaqti: 09/02/2025 00:16