Maqolalar

“Salafiylik” tashkiloti g‘oyalari

Soxta salafiylar quyidagi g‘oyalarni ilgari suradilar:

  • Qur'on va sunnada yozilgan qoidalarni so‘zma-so‘z tushunib, ko‘r-ko‘rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqaradilar;
  • “jihod”ni islomning oltinchi arkoni deb hisoblaydilar;
  • “takfir” (kufrda ayblash) va “hijrat” (vatanni tark etish) masalasini ilgari suradilar;
  • fiqhiy mazhablarni inkor qilib, mazhabsizlikni targ‘ib qiladilar;

 

Hadis ilmida kim kimning shogirdi?

Islom dini bizgacha yetib kelguniga qadar juda ko‘p ulamolar, ahli ilmlar xizmat qilishgan. Ma'lumki, Qur'oni Karim ustozdan shogirdga og‘izma og‘iz o‘tishi orqali yetib kelgan. Shuningdek, hadislar ham ustoz-shogird an'anasiga muvofiq bizgacha yetib kelgan. Hadis ilmida musulmonlarning imomi, muhaddislarning sultoni deb atalgan bobomiz Imom Buxoriy rahimahulloh ham ustozlari orqali Nabiy sollallohu alayhi vasallamga tutashadilar. Bobomizning ilmda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamgacha yetib borishlari ushbu ko‘rinishda ham bo‘lgan:

 

Isrof qilmang

Sahobai kiromlarning kattalaridan bo‘lmish Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomdan to‘yni qanday qilish haqida maslahat so‘raganida, Payg‘ambarimiz: «Bitta qo‘y so‘y», degan ekanlar. U Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam menga qiyinchilik bo‘lmasin degan maqsadda shunday deyaptilar deb o‘ylab: “Men bir necha qo‘y so‘yishga qodirman”, deb bir-ikki qaytaribdi. Shunda Sarvari koinotimiz: «Ey molinga Hudo baraka bergur, bitta qo‘y so‘ygin» deb tanbeh bergan ekanlar.

Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo solallohu alayhi vasallam qo‘ylari ko‘p bo‘lgan Sohabai kiromga bittagina qo‘y so‘yishga buyurganliklari ostida hikmatlar juda ham ko‘pdir.

 

ISROFDAN SAQLANAYLIK!

Alloh taolo insonlarni turli millat va elat shaklida yaratib, ularni yer yuzini makon tutib, undagi ne'matlardan foydalanib hayot kechirishga buyurdi. Yana bandalariga behisob ne'matlarni ato etib qo‘ydiki, bularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Alloh taoloning O‘zi bu haqda Qur'oni karimda bunday marhamat etadi:

  “Shuningdek, sizlarga barcha so‘ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning ne'mat(lar)ini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmaysiz. Haqiqatan, inson (o‘ziga) o‘ta zolim va (Rabbiga) juda noshukrdir” (Ibrohim surasi, 34-oyat).

 

Islom niqobi ostidagi “Salafiylik” asoschisi va yuzaga kelish tarixi

Soxta salafiylikning zarur g‘oyaviy asoslarga ega bo‘lishi suriyalik Ibn Taymiya (1263-1328) faoliyati bilan bog‘liq. Uning g‘oyalari keyinchalik turli mutaassib guruh va harakatlar yetakchilari qarashlariga asos bo‘lib xizmat qildi. Jumladan, XVIII asrda tarixiy adabiyotlarda “ad-da'vatud davamiya”, ya'ni “qonli da'vat” nomini olgan haraktlar paydo bo‘ldi. 

 

ISLOM DINI EKSTREMIZM VA TERRORIZMNI QORALAYDI

Barchamizga ma'lumki, Islom – haqiqat, tenglik va adolat dinidir. Shunday ekan, bu dinda hech kimga zulm qilinishi mumkin emas. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Arabning ajamdan afzalligi faqatgina taqvo bilan”, deganlar. Shuning uchun ham Islom terrorizmni qoralaydi. Islom dini ko‘rinishi qanaqa bo‘lishidan qat'iy nazar, terrorizm bilan murosa qilishi mumkin emas. Chunki terrorizm Islom dini ta'limotlariga ziddir. Zero, terrorizmda odamlarga zulm qilish bor, begunoh insonlarni nohaq o‘ldirish bor. Odamlar or-nomuslarining toptalishi, himoyaga muhtoj zaifa ayollar, bolalar va keksa yoshdagi insonlarning o‘ldirilishi bor. Terrorizmning ana shu jirkanch taraflarini hisobga olib, Islom dini uni qattiq qoralaydi va rad etadi. Turli ommaviy axborot vositalarida ko‘rib-eshitayotganimiz – terrorizmning Islom dini bilan aloqadorligi, Islom dini terrorchi guruhlar va tashkilotlarni tayyorlab chiqarishi, amalga oshirilayotgan terroristik amaliyotlarning ko‘pchiligi aynan musulmonlar tarafidan sodir etilayotgani haqidagi xabarlar va qarashlarning barchasi xato bo‘lib, ularning hech qanday to‘g‘ri joyi yo‘qdir. Biz ana shu terroristik amaliyotlarni ijro qilayotgan va o‘zlarini Islom diniga mansub deb hisoblayotgan kimsalarni o‘z jonlariga zulm qiluvchilar bo‘lib, ularning maqsadlari Islomning suratini buzib ko‘rsatish, uning obro‘sini tushirishdir, deymiz. Ular aslida Islom dinidan uzoqdadirlar.

 

Ehson fazilati

“Imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni to‘kis ado etsinlar. Savdo-sotiq, oshna-og‘aynigarchilik bo‘lmaydigan Kun kelmasdan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq-ehson qilsinlar” (Ibrohim surasi, 31-oyat).

 

Farishtalar yuvintirgan sahoba

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonlarida, hijriy 3-sanada jarchi hammani Uhud g‘azotiga chorlay boshladi. Hanzala roziyallohu anhu bu nidoni eshitib, darhol qurol-aslahalarini olib, urushga tayyorgarlik ko‘rdi. U bu paytda ayoli bilan birga bo‘lib, hali g‘usl qilishga ulgurmagan edi. Jarchining chaqirig‘i yangragach, kech qolmaslik maqsadida g‘usl ham qilmay tashqariga otildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshchiliklarida Uhud jangida ishtirok etdi. Jangda Hanzala roziyallohu anhu o‘z o‘ljasini izlayotgan och burgutdek shiddat bilan urushardi. Bir payt ko‘zi Abu Sufyonga tushib qoldi va u bilan yakkama yakka olishdi. Bir urib, Abu Sufyonni yerga yiqitadi. Keyin Shaddod ibn Asvad darhol Abu Sufyonga yordam berishga keladi va qilich bilan zarba berib, Hanzala roziyallohu anhuni shahid etadi.

 

Islom niqobi ostidagi “Salafiylik”

Harakat nomi. “Salafiylik” tushunchasi arab tilidagi “salaf” so‘zidan olingan bo‘lib, “avval yashab o‘tganlar”, “ajdodlar”  manolarini anglatadi. Hadislarga ko‘ra, Payg‘ambarimiz Muhammad aylayhis-salom zamonalari va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Islom mujtahid ulamolari ilk musulmonlarni “salafi solih”, ya'ni “solih ajdodlar” deb hisoblashda yakdildir. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan “salaf” yoki salafiylar tushunchalari aslo ishlatilmaydi.

 

Imom-xatibning vazifasi faqat janoza va nikoh o‘qib berishdan iborat emas

Aslida xato yo‘ldan borayotganlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish imom-xatibning eng birinchi vazifasi. Masalan, bir kishi ko‘p qiyinchilik ko‘rgan ekan, saratonga chalinib qolgani bois hayotdan to‘yganini hech narsa ko‘ziga ko‘rinmasdan o‘zini o‘zi osib qo‘ymoqchi bo‘lganini imom-xatibga aytibdi. Bu ishga loqayd va beparvo qaramagan imom domla unga hayot ulug‘ ne'mat ekani, Alloh bergan in'omning qadriga yetish zarurligi haqida gapiribdi. Bemorligiga sabr qilishi borasida bir qancha shar'iy va hayotiy misollar asosida nasihat qilibdi va suhbat so‘ngida unga Zam-zam suvi tortiq etibdi. O‘rnida qilingan nasihat va tabarruk suvning foydasi bilinib, u kishi darrov hayotga boshqacha ko‘z bilan qaray boshlabdi. Bu mudhish ishni aslo qilmaslik kerakligi to‘g‘risida xulosa chiqarib olibdi.

 

Telegramdagi pul tikib o‘ynaladigan o‘yinlar

Hozirgi kunda ba'zi telegram kanallarida ayrim kishilar sport o‘yinlari, masalan futbolda qaysidir jamoaga pul tikib, kimning pul tikkan jamoasi yutsa, o‘sha odam narigi jamoaga tikilgan pullarni ham olishi bilan bog‘liq o‘yinlar e'lon qilinmoqda. Bu kabi narsalar qimor hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda g‘olib mag‘lubdan biror narsa oladigan har bir o‘yinga qimor deyiladi.

 

IYMONINGIZNI ASRANG (MISSONERLAR FITNASIDAN OGOH BO‘LING)

Iymon – Alloh ta'oloning o‘z bandalariga bergan eng buyuk ne'mati hisoblanadi. Alloh ta'olo qaysi bandaga iymon bergan bo‘lsa, hidoyat yo‘lini ko‘rsatgan bo‘lsa, u mo‘min degan nomga musharraf bo‘lib, bu olamda undan baxtli kishi topilmaydi. Demak iymon bu barcha insonlarga zarur bo‘lib, uni pok asrashi va mo‘minlik nomiga dog‘ tushirmasligi lozim bo‘ladigan dur-u gavhardir.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing