AYRIM YOSHLARNING KO‘CHADA YURISH ODOBIGA RIOYA QILMYOYOTGANIGA KIM AYBDOR?
Ko‘chada yurishning ham odoblari bor. Odobsizlik qonunga ham, milliy qadriyatlarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Hozirgi paytda ba'zi yoshlarning ko‘chada yurish odoblariga rioya qilmasdan, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish o‘rniga, ko‘chada odobga zid bo‘lgan ishlarni qilib yurishlari odamni o‘ylantirib qo‘yadi. Aslida fuqaro ko‘chada kamtarona tezlashmay yoki sustlashmay, ohista to‘g‘ri yurishligi odobdandir.
ISHLAR NIYATGA QARAB BAHOLANADI
Musulmon kishining har bir qiladigan ishi uning niyatiga qarab baholanadi. Til yoki boshqa a'zolarning ishi bo‘lsin, ularning to‘g‘ri bo‘lishida niyatning alohida o‘rni bor. Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Amallar faqat niyatlarga ko‘radir”, deb aytganlarini eshitganman”, dedi.
Otaga hurmat
OTA!!! O‘zbek oilasida otaning o‘ziga xos o‘rni bor. U oilaning sarbonidir. Otaning oiladagi o‘rnini o‘lchaydigan toshu-tarozi yo‘q. Oilada otaning obro‘-e'tibori qadrlanadi, farzandlar otaga suyanadi, ergashadi, ishonadi va faxrlanadi.
Faqat otalargina bolalarini hayotdagi barcha og‘irliklarni aql-idrok, sabr-chidam, g‘ayrat va iroda bilan yengib o‘tishga o‘rgata oladi. Ota irodasi farzandlarni qiyinchilik, mushkul ishlar oldida ikkilanmaslikka, uni yengib o‘tishga o‘rgatadi.
Er va xotin bir biriga libos kabidur
Hozirgi kunda bazi yosh er va xotinlar oiladagi sir va gap so‘zlarni oilasidan tashqariga chiqarishi oqibatida oilada ko‘p kelishmovchilik yuzaga kelmoqda. Xizmat yuzasidan notinch oilalarni yarashtirish uchun borganimizda hatto bazi yosh oilalar er-xotin o‘rtasidagi jinsiy munosabatni ham ko‘chaga chiqarib aytganidan oilasi buzulish arafasiga kelib qolganini guvohi bo‘lmoqdamiz. Quroni Karimda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
Nurchilik tashkilotining nazariy manbalari
Harakatning asosiy g‘oyasini tashkil etgan Said Nursiyning 6000 sahifalik “Risolai-nur” kitobi dunyoning o‘n besh tiliga tarjima qilingan. Uning o‘zi mazkur kitobga “Risolai Nur” bu asarni va kelajak asarlarni nurlantirgan bir mo‘jizai Quroniydir”-deya baho bergan. “Nurchilik” hukumat tomonidan taqib qilingani uchun mazkur kitob 1954 yilgacha birorta nashriyotda chop etilmay, harakat faollari tomonidan qo‘lda ko‘chirilib, xalq orasida maxfiy tarqatilgan.
Farzand tarbiyasida hadislarning o‘rni
Sharq xalqlarida qadimdan farzand tarbiyasiga alohida e'tibor qaratib kelingan. Farzand tarbiyasiga chaqaloqning to‘g‘ilgan paytidan, balki undan ham oldinroq ahamiyat berish lozimligi haqida qator rivoyatlar va ibratli hikoyalar borki, ularning barchasida insonning kamoloti va kelajak poydevori yoshlikda olingan ta'lim-tarbiyaga bog‘likligi haqida so‘z yuritiladi.
NURCHILIK
Tashkilot nomi. ”Nurchilik” (turkcha-Nurculuk) diniy-fundamental harkat. Xalq tilida “Nurchilar” degan nom bilan ham mashhur.
Yomon xulqli namozxon...
Yomon xulq va dilozorlik solih amallarning savobini yo‘qqa chiqaradi, ularning habata bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘zini mo‘min sanaydigan har bir inson mudom o‘z nafsiini taftish qilib turmog‘i kerak bo‘ladi.
Ba'zi odamlar bor, garchi namoz o‘qisalarda, yaxshi ishlarni qilib tursalar-da, ammo o‘ta badxulq, ikkita gap ortiqchalik qiladigan, bitta gap yetmaydigan qandaydir asabiy inson bo‘ladilar. Undaylarga bir yarimta hajmda gap aytolmasangiz tamom, ichidagi hamma zahrini sizga sochadi. Xuddi juda katta ayb ishni qilib qo‘ygansiz-u u kishiga sizni so‘roq qilish va ustingizga o‘zining haqoratomuz va og‘ir so‘zlari bilan tashlanish izni berilgan.
FITNA – QOTILLIKDAN HAM YOMON
Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan sohalardan biri bu ijtimoiy tarmoqlardagi axborot oqimidir. Internet katta imkoniyatlar maydonidir. Qancha ma'lumotlar kerak bo‘lsa bir necha lahzada ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Aqlini ishlatgan inson o‘ziga kerakli bo‘lgan, dunyo va oxiratiga foydali bo‘lgan, ilmini ziyoda qiladigan ma'lumotlarni oladi. Biroq, ko‘ngilni xira qiladigan, asablarni qaqshatadigan ma'lumotlar borgan sayin ko‘paymoqda va mana shu ma'lumotlar boshqalariga qaraganda tezlik bilan tarqalayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz. Shu ma'lumotlarni o‘qiyotgan kishilar internetda aytilgan bo‘lsa xaqiqat deb ishonishmoqda.
Azonning ilohiy kuchi
Shu yil, 5 avgust kuni hayotimdagi quvonchli kunlardan biri bo‘ldi. Bobo bo‘ldim. Allohga shukr, Yaratgan Egam meni o‘g‘il nabira bilan siyladi. Chaqaloq tug‘ilganidan 4-5 kun o‘tib, nabiramning qulog‘iga azon aytish uchun qizim yashayotgan xonadonga bordik. Qizim birinchi farzandini dunyoga keltirgani uchun biz kattalar qizim va kuyovimga farzand tarbiyasi haqida kerakli maslahatlarni berdik. Chunki, dunyoga kelgan bola hayotining dastlabki yili parvarish borasida o‘ta mas'uliyatli davr hisoblanadi. Chunki ana shu davrda bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishiga asos solinadi. Bu esa onalardan farzand tarbiyasida nihoyatda e'tiborli bo‘lishni talab etadi.
Salafiylikning terrorchilik harakatlarida ishtiroki
Soxta salafiylarning fikricha, hukumatga xizmat qilayotgan davlat, huquqini muhofaza qilish idoralari xodimlari va harbiylar “dinsizlar” toifasidan hisoblanadi. Bu yulda davlat rahbarlari, hokimyat idoralari vakillarini obro‘sizlantirish hamda rasmiy diniy ulamolarning mavqelarini zaiflashtirish maqsadida ularning hayotiga tajovuz qilishgacha borishmoqda. Jumladan, 2009 yilda O‘zbekistonda bir qator diniy ulamolarga nisbatan tajovuzlar uyushtirilgani buning yorqin misolidir.
Rostgo‘ylik ezgulikka boshlaydi... YOLG‘ON AQL O‘G‘RISIDIR...
Inson bolaligidan til vositasida atrofdagi olamga murojaat qila boshlaydi. Yaxshi-yomonni ajrata boshlagan sari tili ko‘p narsalarga sabab bo‘lishini ham his qiladi. Gohida gapirish kerakligini, gohida gapirish o‘ziga ofat keltirishini biladi.
Xalqimizda til xususida juda ko‘plab hikmatlar, maqollar aytilgani til xususida juda e'tiborli bo‘lish lozimligini bildiradi. "Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma", "O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir", "Avval o‘yla, keyin so‘yla" kabi xalq maqollari bejizga aytilmagan.




















