Ziyo manbai (kitobxonlik haqida)
Butun olamlarni yo‘qdan paydo qilgan Alloh taologa O‘zining ulug‘ligiga munosib hamdu sanolar hamda oxirat ummatiga ulkan ilm-u hikmat va bemisl go‘zal axloq ila yuborilgan, sevimli payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovat-u salomlarimiz bo‘lsin. Alloh taolo insonni fitratan, ilmga muhtoj qilib yaratgan. Shu sababli insonlar umri davomida kimdandir, nimanidir o‘rganib, yoki kimgadir hayot tajribalarida taqlid qilib yashashga harakat qiladi. Bu hayotni ilmsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ilmsiz kishining hayoti doim zulmatda bo‘ladi. Ilm bu nurdir. Qorong‘udagi insonga chiroq qanchalar zarur bo‘lsa, bu hayotda istiqomat qilayotgan insonga ham ilm shu qadar zarurdir. Buyuk muhaddis Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil Al-Buxoriy aytganlaridek “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmaydi ham!”
Nurchilarning” moliyaviy manbalari.
Harakatning moliyaviy asoslari va imkonyatlari haqida gap ketar ekan, “Nurchilar” va ularning tarafdorlari qo‘lida 1980-yillardayoq yirik mablag‘lar jamlanganini qayd etish lozim. Malumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda Fathulla Gyulenning o‘zi 6-8 milliard, harakat esa 80 milliard dollarga egalik qilib, umuman olganda, “Nurchilar” kiritgan “islom kapitali” Turkiya iqtisodiyotining 30 foizini tashkil qiladi.
Ulamolarga tosh otmaylik
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dan so‘ng odamlarni haqqa chaqiradigan, bilimsizlarga ta'lim beradigan, adashganlarni yo‘lga soladigan va xalq orasida bid'atlar tarqalishining oldini oladigan zotlar ulamolardir. Alloh taolo bunday deydi: «Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qo‘rqadigan va Parvadigorining rahmatidan umid qiladigan kishi (bilan boshqalar barobarmi?!) Ayting: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi?!” Darhaqiqat, faqat aql egalarigina eslatma olurlar» (Zumar, 9).
Ilm olishdan ko‘zlangan maqsadlar
Olgan ilmlarimiz bebaho boylikkina bo‘lib qolmay, o‘z navbatida zimmamizga ko‘plab mas'uliyatlar yuklaydi. Endi biz bilimimizdan avvalo o‘zimiz foyda ko‘rishimiz va boshqalarga ham manfaat yetkazishimiz kerak.
Yigitning popugini pasaytirgan Sha'roviy rahimahulloh
Shayx Sha'roviy rahimahulloh aytadilar “Haddan tashqari mutaassib yigitlardan biri bilan munozara qilib turgandim. Undan “Musulmon davlatlaridan biridagi tungi klubni portlatib yuborish halolmi yoki harommi?” deb so‘radim. U “Albatta, halol va u yerdagilarni o‘ldirish joiz” dedi. Men undan “Agar ularni gunoh sodir etib turganlarida o‘ldirsang, boradigan joyi nima bo‘ladi?” desam, u “Albatta, do‘zax” dedi. Undan yana “Shayton insonlarni (oxiratda) qayerga kirishlarini istaydi?” deb so‘rasam, u “Do‘zaxga, albatta” deb javob berdi. Shunda men “Demak, sizlar bilan shaytonning maqsadi bir ekan-da! Ya'ni odamlarni do‘zaxga kiritish” dedim”.
OILA-JAMIYAT TAYANCHI
Oila barchamiz uchun mo‘tabar maskan. Qiyoslash joiz bo‘lsa, oila bu Ona Vatanning kichik timsoli. Agar u tinch va obod bo‘lsa, uni maskan tutganlar osuda hayot kechiradi. Alloh saqlasin agar buning aksi bo‘lsa, uni maskan tutgan insonlar hayotidan ma'no va mazmun ketadi.
“Nurchilar”ning g‘oyaviy izdoshlari, safini kengaytirsh uslublari
Harkatning mutasaddilari tomonidan bevosita targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish bilan birga tarafdorlariga diniy ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar berish, g‘oyaviy izdoshlar safini kengaytirsh yo‘lidagi harakatlarini muvofiqlashtirish, mahalliy hukumat va boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga ham alohida etibor beriladi.
Ahli Islom podshoga yordamchi bo‘lishi lozim
Buyuk mutasavvuf alloma imom Rabboniy Ahmad Sarhandiy rahimahulloh aytadi:
«Islom ahli musulmon podshoga madad berish va qo‘llab-quvvatlash ular zimmasidagi vojib bo‘lgan vazifa ekanini bilib olishlari, podshoni shariat rivoji va din quvvatlanishi sari dalolat qilishlari lozim.
Sadaqaning turlari
Sadaqaning turlari ko‘p bo‘lib, musulmon inson uni g‘animat bilishi lozim.
Yo‘ldan adashgan insonga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish sadaqadir. Yo‘ldagi aziyat beradigan narsani olib tashlash sadaqadir. Tili duduq kishining murodu-maqsadini bayon qilib berish ham sadaqadir. Muso alayhissalomning tilida duduqlik bo‘lib, tili tutilib qolar edi. Alloh taolodan bu dardni ketkazishini so‘rab duo qilganida uning duosini mustajob qildi. Bu duduqlik Fir'avn huzurida cho‘g‘ni tanavvul qilishi asorati edi.
Ilm olish uchun dastlabki qadamlar
Hamma narsaning avvali bo‘lganidek, ilmning avvali go‘zal niyatdir. Kishi olmoqchi bo‘lgan ilmi bilan elu-yurtga xizmat qilishni, ota-onasi, yaqinlari, qolaversa butun xalqning koriga yarashni niyat qilmog‘i lozim.
Hadisi sharifda “Amallar faqatgina niyatlar bilan e'tiborlidir va har bir kishi uchun uning niyat qilgan narsasigina beriladi”, (Imom Buxoriy rivoyati) deyilgan. Shunga binoan, ilmga kirishishni niyat qilgan kishi birinchi o‘rinda chiroyli niyat qilishi, mansabga erishish, obro‘-e'tibor topish, faqat dunyo hoyu-havasi, nafs istaklari singari maqsadlardan yiroqda bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda bobomiz Burhoniddin Marg‘inoniy hazratlarining shogirdlariga nasihat tariqasida aytgan ushbu she'rlarini keltirishimiz o‘rinlidir:
Ilm zulmatni yorituvchi mash'aladir
Insoniyat tarixiga nazar solsak, hayotini nizomini ilm-ma'rifat asosida rivojlantirgan jamiyatlarning barqaror va farovon yashaganiga guvoh bo‘lamiz. Bugungi kunimizda ham ilmiy intellekt asosida taraqqiy topib, dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida o‘rin olgan davlatlar talaygina.
Asliyatni boshqacha talqin qilmangiz!
So‘nggi yillarda Islom dinidagi eng hassos bo‘lgan “jihod”, “hijrat”, “shahid” kabi tushunchalarni adashgan oqimlar buzib talqin qilish orqali dinni yaxshi tushunmaydigan kishilarni o‘z taraflariga og‘dirmoqdalar. Islom dinini niqob qilib olgan bunday toifalar o‘ta noziklik va daqiqlik bilan yondashish talab etiladigan tushunchalarni g‘arazli talqin etishda hech narsadan tap tortmayaptilar. Bunday talqin odamlar ongida Islom dini go‘yo jangu jadal, qon to‘kish, boshqa dindagilarga qarshi murosasiz kurash olib borishga asoslangan, degan mazmundagi botil tasavvurlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.




















