Axborot xizmati

TOSHKENT ISLOM INSTITUTIDA ARAB TILI BO‘YICHA XALQARO SERTIFIKAT BERISH YO‘LGA QO‘YILDI

#XUSHXABAR: 

 Shu yil 13 mart, chorshanba kuni Toshkent islom institutida “At-Tanal al-arabiy” xalqaro til sertifikati uchun ilk imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

 

Toshkent islom instituti arab tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlarni taqdim etadi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganib joriy etish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

 

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI VA O‘ZBEKISTON ( 2 mart 1992 yildan beri bayrog‘imiz BMTda )

( 2 mart 1992 yildan beri bayrog‘imiz BMTda )

 “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz

va shaytonning izidan ergashmangiz!

Albatta u sizlarga aniq dushmandir”.

Qur'oni Karim

 Baqara surasi 208 oyat

 

Juma tashrifi 01.03.2024

Bugun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida bir qancha notiq imom-xatiblar m'ruza qilish va juma namozini o‘qib berish maqsadida viloyatimizning chekka hududlarga tashrif buyurdilar. Zayniddin domla Urgut tumanidagi "Uramas" jome masjidiga, Yoqubjon domla Tayloq tumanidagi “Yastepa” jome masjidiga tashrif buyurib, mazkur jomelarda Juma namozidan oldin "HAR SOHADA PESHQADAMLIK DINIMIZ KO‘RSATMASIDIR" mavzusida mo‘min-musulmonlarga ma'ruza qilib berdilar.

Shundan so‘ng, juma namozini jamoat bilan birga ado etdilar.

 

Umra yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijod uyining davriy nashrlari – «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasi dinimizning zarur ahkomlari, muhim savol-javoblar, yurtimiz va dunyo miqyosida diniy-ma'rifiy sohada ro‘y berayotgan yangiliklar, allomalarning pandu nasihatlarini o‘z ichiga olgan nashrlar hisoblanadi.

 

Mutaxassislar huquqiy savodxonligi oshirildi

Bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tahrirdagi nizom va mehnat shartnomalarini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazildi. Zoom dasturi orqali tashkil etilgan masofaviy tadbirda Diniy idora tizimidagi barcha muassasa huquqshunos va kadrlar bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi.

 

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027 yil Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e'lon qilinadi

26 fevral kuni Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida Tashkilot Bosh Assambleyasi tomonidan "2027 yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasi bir ovozdan ma'qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan ushbu rezolyutsiyaga 80 dan ortiq a'zo mamlakat hammualliflik qildi.

 

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E'TIBORDA 28.02.2024 y

Bugun, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan vakillikka turli savollar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning savollariga atroflicha javoblar berib o‘tdi.

 

Imom noiblar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 27 fevral kuni vakillik binosida diniy soha rahbarlari va imom noiblar o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov boshchiligidagi Diniy idora mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Samarqand viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan imom noiblarning bilim va malakalarini oshirish, xalqimiz o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy sohadagi hissasini yuqori saviyaga yetkazish, soha vakillari faoliyati davomida duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni birgalikda bartaraf etish masalalari ko‘rildi.

 

Jazoirda ulkan masjid ochildi

Shu yil 26 fevral yakshanba kuni Jazoir prezidenti Abdelmadjid Tebbun Afrikadagi eng katta 27 gektarlik “Buyuk Jazoir” masjidini rasman ochdi.

 

G‘aflatda qolmang! Baroat kechasi: rizqlar taqsimlanadi, qismatlar belgilanadi, gunohlar mag‘firat etiladi

Eslatma! Bu yilgi baroat kechasi 24 fevral shanba kunidan 25 fevral yakshanbaga o‘tar kechasiga to‘g‘ri kelmoqda, inshaALLOH.

Baroat so‘zi qanday ma'noni anglatadi?

“Baroat” so‘zi arab tilida “ozod bo‘lish”, “najot topish” degan ma'nolarni anglatadi. Bu kechaning bunday nomlanishiga sabab, unda Alloh taoloning rahmati va fazli ila behisob insonlar do‘zaxdan najot topadilar.

 

Facebook va Twitter tarmoqlaridagi do‘stlar

Bir bilimdon kishidan so‘rashibdi: “Facebookda eng yaxshi do‘st kim?”.

Biroz jim turib, so‘ng javob beribdi: “U bilan kam gaplashsangiz koyimaydigan, “biror sababi bordir”, deya yaxshi gumon qiladigan, sizni rasm bilan belgilamaydigan, guruhlarga qo‘shib qo‘ymaydigan, siz bilan biror fikrda bahslashganda darrov arazlashga, jahl qilishga o‘tmaydigan, sizni “blokirovka” qilib qo‘ymaydigan, aksincha ko‘p bahslashishi sizga bo‘lgan yaqinligini, mehrini, hurmatini ko‘taradigan do‘st Facebookdagi eng yaxshi do‘stdir”

 

"Sahobiya ayollar hayoti qomusi" nomli kitob Samarqand imom-xatiblariga hadya tariqasida tarqatildi

Xabaringiz bor yaqindagina viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovning tarjimalari asosida "Sahobiya ayollar hayoti qomusi" nomli kitob nashrdan chiqarilgan edi.

 

Madinada birinchi o‘zbek restorani ochildi

Saudiya Arabistonining Madina shahrida «Al-Urz va al-Kabab» nomli birinchi o‘zbek tamaddixonasi ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Restoran Saudiya Arabistoni aholisi va dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar uchun o‘zbek milliy taomlari, xalqimiz an'analari va madaniyati bilan yaqindan tanishish nuqtasiga aylanadi.

 

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E'TIBORDA - 21.02.2024

Bugun, "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan masjid imom-xatiblari tomonidan turli savollar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing