Jazoirda ulkan masjid ochildi
Shu yil 26 fevral yakshanba kuni Jazoir prezidenti Abdelmadjid Tebbun Afrikadagi eng katta 27 gektarlik “Buyuk Jazoir” masjidini rasman ochdi.
Mazkur masjid majuasi 12 ta qismdan iborat bo‘lib, unda 120 ming o‘rinli namozxona, Islom sivilizatsiyasi muzeyi, anjumanlar zali va bir millionlik kutubxonaga ega madaniyat markazi, 1,5 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan "Qur'on uyi" oliy islom fanlari maktabi, ilmiy tadqiqot va qadimiy qo‘lyozmalarni qayta tiklash laboratoriyasi, shuningdek, vertolyot qo‘nish maydonchasi, ko‘p qavatli avtoturargoh, dam olish maskanlari mavjud.
Jazoir poytaxti, hatto qo‘shni shaharlardan ham ko‘rish mumkin bo‘lgan minoraning balandligi 267 metrni tashkil etadi. Masjidning ichki qismi sakkiz burchakli ustunlar, marmar va 6 km ga yaqin kalligrafik yozuvlar bilan bezatilgan.
Masjidga ilk g‘isht 2011 yilda qo‘yilgan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 26/02/2024 15:05; Ko‘rilganligi: 652
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 04:07