O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"Sahobiya ayollar hayoti qomusi" nomli kitob Samarqand imom-xatiblariga hadya tariqasida tarqatildi

 
 

Xabaringiz bor yaqindagina viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovning tarjimalari asosida "Sahobiya ayollar hayoti qomusi" nomli kitob nashrdan chiqarilgan edi.

Bugun, vakillik binosida va bundan tashqari 3 ta hududlarda yig‘ilgan masjid imom-xatiblariga mazkur kitob joylardagi 288 ta masjid kutubxonalarini yanada boyitish maqsadida hadya tariqasida tarqatildi. Jumladan, vakillik binosida yig‘ilgan soha xodimlariga shaxsan Zayniddin domlaning o‘zlari ushbu kitobni ulashdilar. Ulashish asnosida viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov yig‘ilgan imom-xatiblarga bu kitobda 200 dan ziyod sahobiya ayollar hayoti haqida keng yoritilganini aytib, joylardagi ma'rifiy tadbirlarda ham mazkur kitobdagi mavzulardan foydalanish maqsadga muvofiqligini ta'kidlab o‘tdi.

Boshqa hududlarda yig‘ilgan imom-xatiblarga ham ushbu kitobning naqadar manfaatli ekanligi, mazkur ijodiy asar barcha imom-xatiblarga namuna va ilhom bo‘lishi kerakligi tushuntirib o‘tildi.

Tadbirlar yakunida Zayniddin domlaning kelgusidagi faoliyatida Alloh taolodan ulkan zafarlar va bunday ilmiy ijodlarning bardavom bo‘lishini hamda barcha diniy soha xodimlari tomonidan ham bu kabi ijodiy ishlar amalga oshirilishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmat


Kiritilgan vaqti: 23/02/2024 17:14;   Ko‘rilganligi: 635
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/sahobiya-ayollar-hayoti-qomusi-nomli-kitob-samarqand-imom-xatiblariga-hadya-tariqasida-tarqatildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing