Axborot xizmati

Fuqarolar murojaati tinglanmoqda! 15.05.2024 y

Bugun, viloyat bosh imom-xatibi v.v.b. Yoqubjon domla Mansurov "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan vakillikka turli savollar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning savollariga atroflicha javoblar berib o‘tdi.

 

O‘rganish kerak bo‘lgan xorijiy tillar

O‘rganish foydali bo‘lgan chet tillar:

Arab tili;
Ingliz tili;
Turk tili (Turkiya turkchasi);
Fors tili;
Rus tili;

Bu tillar nafaqat foydali, balki juda go‘zal tillar. Arab tilini mukammal bilish diniy adabiyotlarni asliyatdan o‘rganishga zamin yaratadi. Tafsir, Hadis va uning sharhlari, fiqh va uning asoslari, Qur'on bilimlarini o‘rganish, shuningdek, olimlarning ijtimoiy masalalarga bag‘ishlab yozgan ommabop asarlarini mutolaa qilishda asqotadi. Shar'iy bilimlar ma'lum marhalaga qadar ustoz bilan o‘rganilishi shart. Ammo, buning uchun ham avval arab tilini yaxshi bilish lozim. Ijtimoiy ahamiyatga molik asarlarni esa ustozsiz mutolaa qilsa ham bo‘ladi.

 

“TV Okey” O‘zbekistonning tarixiy merosini namoyish etadi

Malayziya davlat teleradiokompaniyasining “TV Okey”  telekanali ushbu mamlakatda, shuningdek, Singapur, Tailand, Shimoliy Indoneziya va Filippinda efirga uzatiladigan ommaviy madaniyat va ko‘ngilochar segmentida mashhurdir.

 

Haj safari vaqtida ayollar hayz ko‘rib qolsa (5 qism)

  • Haj safari vaqtida ayollar hayz ko‘rib qolsa, masjidi Nabaviyga, masjidi Haromga va boshqa masjidlarga kirmaydi. Hayz holatida masjidga kirsa qattiq gunohkor bo‘ladi.
  • Ayollar haj amallarini boshlashdan oldin hayz boshlanib qolsa, mehmonxonada g‘usl qiladi, niyat qilib ehromga kiradi va talbiya aytishni boshlaydi. Niyat va talbiya aytish bilan ehromga to‘liq kirgan hisoblanadi.
  • Hayz ko‘rgan ayol masjidga kirmaydi, namoz va Qur'on o‘qimaydi.

 

Zulqa'da oyi muborak bo‘lsin! Bu oyda qanday amallar bajariladi?

Zulqa'da nima degani? Lug‘atda “makonga qaytadigan”, “joylanib olinadigan” degan ma'noni anglatadi.

 Zulqa'da – shahrul harom.

Zulqa'da oyi to‘rt harom oylardan biri bo‘lib, bu oyda jang va urushlar harom qilingan. (To‘rt harom oylar zulqa'da, zulhijja, muharram va rajab). Johiliyat davrida ham bu oyda urush boshlamasdilar. Hatto farzand o‘z otasining qotilini ko‘rganda ham bu oyning hurmatidan unga biror so‘z aytmasdi.

 

Qur'on o‘qilganda telefon o‘ynamang!

Qur'on tilovat qilinganda Uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad rahmatga erishsangiz (A'rof surasi, 204-oyat).

Qur'on tilovati chog‘ida boshqa narsalarga chalg‘imaslik talab etiladi.

Bir kishi bu haqda bunday hikoya qiladi:

 

Saudiya Arabistonining imomlarning kibermakondagi faoliyatini kuzatishdagi qat'iyati

“Masjid al-Harom” va “Masjid an-Nabaviy” ishlari boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu ikki muqaddas masjidning imom-xatiblari va mashhur voizlari nomidan faoliyat yurituvchi akkauntlarga qarshi qat'iy ekanini bildirdi.

 “IQNA” saytining “Al-Khaleej” ga tayanib xabar berishicha, “Masjid al-Harom” va “Masjid an-Nabaviy”ishlari boshqarmasi ushbu ikki muqaddas masjidning imomlari va mashhur notiqlari nomidan ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yurituvchi akkauntlarga qarshi kurashda qat'iy qaror qilganini ma'lum qildi.

 

MUFTIY HAZRATLARIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLANDI

 Shu yil 8 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda masjidlar holatini yaxshilash, mo‘min-musulmonlar ehtiyojlarini ta'minlash va imom-domlalar faoliyatini rivojlantirishga doir masalalar ko‘rib chiqilib, bir qator topshiriqlar berildi.

 

JOMBOY TUMANIDA XAYRLI TADBIRLAR TASHKIL QILINDI!

Bugun, 07 may kuni Jomboy tumanida navbatdagi sayyor uchrashuv tashkil qilindi. Tadbir oldidan viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov soha xodimlari bilan uchrashib, kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

 

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Ishtixon tumanida o‘tkazildi

Bugun, 2024 yil 23 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi bilan navbatdagi sayyor yig‘ilish Ishtixon tumanida o‘tkazildi.

 

Balolarni ketkazuvchi, g‘am-tashvishlardan xalos etuvchi, dardlarga shifo bo‘luvchi zikr

  1. Laa havla va laa quvvata illa billah – jannat eshiklaridan biri.

ألا أدلك على باب من أبواب الجنة قال: وما هو؟ قال: لا حول ولا قوة إلا بالله

Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Seni jannat eshiklaridan bir eshikka dalolat qilayinmi?” dedilar. Men: “U nima?” deb so‘radim. Nabiy alayhissalom: “Laa havla va laa quvvata illa billah”, dedilar" (Imom Tabaroniy rivoyati).

 

“Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi” vakillari yig‘ilishida qanday masalalar ko‘tarildi?

  “Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budaviy “Dunyo” axborot agentligiga bergan eksklyuziv intervyusida ushbu rivojlanish yo‘nalishi ikki mintaqa uchun muhimligini ta'kidladi:

 

Uzoq Sharq muftiysi minnatdorchilik maktubi yo‘lladi

Uzoq Sharq musulmonlari diniy idorasi raisi, Uzoq Sharq muftiysi Ahmad hazrat G‘arifullin O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlariga minnatdorchilik maktubi yo‘lladi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatiga Saxalin orolida Ramazon oyi tadbirida xizmat ko‘rsatishni tashkil etishdagi ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirilgan.

 

Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Xamad al-Busaidi boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi

Kuni kecha Samarqandda mehmon bo‘lib turgan Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Xamad al-Busaidi boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilishib, Qur'on tilovat qilindi.

 

Payariqda yangi bog‘ barpo etildi!

Bugun, 3 aprel – Muborak Ramazon oyining 24 – kunida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshlichiligida Payariq tumanidagi 12 ta masjid imom-xatiblari va faollari bilan birgalikda tumandagi “Mulla To‘raxon” jome masjidi hududidagi 1 gektar yer maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “RAMAZON BO‘STONI” bog‘i barpo etildi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing