Axborot xizmati

Alloh atolo barchalarimizga shunday ulkan ajrga ega bo‘ladigan ibodatlarni ato etsin!

Abu Dardo r.a.dan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh s.a.v.: “Masjidul Haromdagi bir rakat namoz yuz ming namzodir, mening bu masjidimda o‘qilgan bir rakat namoz mingta namozdir va Baytul Maqdisda o‘qilgan bir rakat namoz besh yuz namozdir”, – dedilar.

 

Tabiat – Alloh taoloning omonatidir

 Kuni kecha, 03 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Samarqand viloyatiga safarlari davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand tumanida joylashgan "Imomi A'zam" jome masjidi hovlisiga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar.

 

Imom-xatiblar peshvolik maqomiga munosib bo‘lishlari kerak!

 Shu yil 3 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning majlisi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilish Qur'oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.

 

Muftiy hazratlari Samarqand tumanidagi "Imomi A'zam" masjidida juma namozi ado etdilar

Ayni vaqtda Muftiy hazratlari Samarqand tumanidagi "Imomi A'zam" masjidida juma namozidan avval Qur'oni karimdagi oxirgi nasihat (Baqara surasi, 281-oyat) mavzusida ma'rifiy suhbat qilib bermoqdalar.

 

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatiga kelib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatiga kelib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

 

Samarqand viloyatidagi otinoyilar ham attestatsiyadan o‘tishmoqda.

Samarqand viloyatidagi otinoyilar ham attestatsiyadan o‘tishmoqda.

 

Samarqand viloyatida diniy soha xodimlari uchun attestatsiya qizg‘in davom etmoqda

Samarqand viloyatida diniy soha xodimlari uchun attestatsiya qizg‘in davom etmoqda.

 

Din va millat uchun xizmat qilish – har bir peshvoga mas'uliyat yuklaydi

Shu yilning 30 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Jizzax viloyatiga tashrif buyurdilar. Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan imom-xatiblarning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlis Qur'oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.

 

Samarqand viloyatida diniy soha xodimlari uchun attestatsiya boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan joriy yilning 30-oktyabr kuni Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblar, imom-noiblar va shahar-tuman bosh otinoyilarining attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari boshlab yuborildi.

 

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Paxtachi tumanida tashkil qilindi

Bugun, 2023 yil 24 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Paxtachi tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 12 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari tumandagi 12 ta masjid va tumandagi barcha 17 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor va shu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Paxtachi tumanidagi 12 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “OAVdan to‘g‘ri foydalanish”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazildi

Tabiatga ehtirom, bog‘ yaratish, ko‘chat ekish qon-qonimizga singib ketgan, ota-bobolarimizdan meros qolgan an'analardan biri.

Qur'oni karimda bir necha o‘rinlarda daraxtlarning xususiyatlari zikr qilingan. Shuning uchun Payg‘ambarimiz alayhissalom ularni ekishga targ‘ib qilganlar. Ularning dunyodagi borliq va jonzotlar uchun manfaatlari bilan birga oxiratda ham ulkan foydalari bor.

So‘ngi vaqtlarda daraxt va ko‘kalamzorlarning kamayib ketishi tabiatga jiddiy zarar keltirishni boshlagan edi.

Mana shu xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining topshirig‘iga asosan Samarqand viloyati vakilligi bugun bir qancha ishlarni amalga oshirdi.

 

BOSH IMOM-XATIB "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASIDA FAOL

Shu kunlarda Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi izchil davom etmoqda. Xususan, bugun Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla boshchiligida Juma namozidan oldin Samarqand shahridagi "Yangiobod" jome masjidi hududida umummiliy loyiha doirasida ko‘chatlar ekildi.

 

Bosh imom-xatiblar bilan yig‘ilish o‘tkazildi!

Bugun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla joylardagi shahar/tuman bosh imom-xatiblari bilan ZOOM platormasi orqali yig‘ilish o‘tkazdi.

 

FUQAROLAR MUROJAATI E'TIBORDAN CHETDDA QOLMAYDI

Shu yil 18 oktyabr chorshanba kuni Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarimiz tomonidan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatini tingladilar.

 

Ehson

Mavlid oyi munosabati bilan, saxiy insonlarning ko‘magi bilan Jomboy va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida istiqomat qilayotgan boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini ehson qildilar.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing