TOSHKENT ISLOM INSTITUTIDA ARAB TILI BO‘YICHA XALQARO SERTIFIKAT BERISH YO‘LGA QO‘YILDI
#XUSHXABAR:
Shu yil 13 mart, chorshanba kuni Toshkent islom institutida “At-Tanal al-arabiy” xalqaro til sertifikati uchun ilk imtihonlar bo‘lib o‘tadi.
Mazkur imtihonda ishtirok etib, B1, B2, C1, C2 xalqaro arab tili sertifikatlarini olmoqchi bo‘lgan talabgorlar pasport yo ID-karta bilan institutga kelib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ushbu imkoniyat va qulaylik Toshkent islom instituti va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining “At-Tanal al-arabiy” – التّنال العربيّ “Arab tilini bilish xalqaro sertifikati”ni beruvchi ta'lim va test tashkiloti o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi asosida yuzaga keldi.
Ma'lumot o‘rnida mazkur tashkilot dunyoning 20 dan ortiq davlatida tan olingan bo‘lib, arab tilidagi bilimlarini baholash, darajalarga ajratish hamda ularga xalqaro toifadagi sertifikatlar taqdim etadi.
“At-Tanal al-arabiy” التّنال العربيّ – “Arab tilini bilish xalqaro sertifikati” test tizimi arab tili ona tili bo‘lgan mamlakatda ishlash, o‘qish, sayohat qilishga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Test davomida arab tilida tinglash, gapirish, o‘qish, yozish, gapirish va grammatikani bilish qobiliyati baholanadi. Arab tilini bilish bir necha standartlar bo‘yicha, jumladan, arab tilini ona tilida so‘zlashuvchilarga o‘rgatish standartlari va tillar uchun umumiy Yevropa ma'lumotnomasi (CEFR) standartlari bilan tasniflangan.
Toshkent islom instituti manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy. (https://goo.gl/maps/Ng8xP1yVfJwJvB3e7)
Qo‘shimcha ma'lumot uchun telefon raqami:
+99899-921-02-70
Oliy ma'haddagi “At-Tanal” imtihonlari to‘g‘risida xabardor bo‘lish uchun quyidagi kanalga a'zo bo‘lishingiz mumkin:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 07/03/2024 15:14; Ko‘rilganligi: 2726
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 04:22