O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mutaxassislar huquqiy savodxonligi oshirildi

 
 

Bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tahrirdagi nizom va mehnat shartnomalarini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazildi. Zoom dasturi orqali tashkil etilgan masofaviy tadbirda Diniy idora tizimidagi barcha muassasa huquqshunos va kadrlar bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi.

Dastlab Diniy idora Huquqshunoslik bo‘limi mudiri Jahongir Xotamov ishtirokchilarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining yangi tahrirdagi ustavi haqida ma'lumot berdi. So‘ng Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov mehnat shartnomalarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma'ruza qildi.

O‘quv seminar qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/02/2024 11:40;   Ko‘rilganligi: 614
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/mutaxassislar-huquqiy-savodxonligi-oshirildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing