Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Saylovga tayyorgarlik jarayonlarida imom-xatiblar ishtiroki

Samarqand tumanidagi “Agromir-Samarkand” qo‘shma korxonasida  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harkati O‘zbekiston – Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Samarqand tumani hududidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi.

Ushbu tadbirda Samarqand tuman bosh imom-xatibi Bahodir Sharipov ham ishtirok etib, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligi yo‘lida hamma birdek mas'ulligi haqida o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Yoshlar tarbiyasida beparvolik - kelajakka xiyonat

Samarqand viloyat yuridik kollejida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish hamda ular proflaktikasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamda Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Mo‘min” jome masjidi imom-xatibi Jahongir Hatamov ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari kelajagimiz bo‘lgan yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, farzandlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itadigan turli zararli ta'sirlardan himoya qilish, bu boradagi beparvolik el-yurtimiz oldida, tarix va kelajak oldida xiyonat ekani, jamiyatimizda illat bo‘lib turgan jinoyatchilik, estremistik, aqidaparast oqimlarga qo‘shilib qolish, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarning fojiaviy oqibatlarini keng jamoatchilikka tushuntirish kerakligi haqida gapirib o‘tdilar.

 

Yosh oila quruvchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Oiladagi sog‘lom muhitni barqarorlashtirish, milliy mafkura va dinimizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar oilada bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshirilishini har bir yosh oila boshlig‘i va yoshlarga yetkazishni amalga oshirish va ularni oilaviy hayotga tayyorgarligini yaxshilash maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlari viloyat va tuman imom xatibligi vakillari ishtirokida markazlarda maxsus o‘quv-tarbiyaviy kurs­lar sifatida tuzilgan "Yosh oila maktabi"da nikoh va oila masalalari bo‘yicha zarur saboq berilmoqda.

 

Yoshlar tarbiyasida imom-xatiblar ham mas'ul

O‘zbekiston aholisining 60 foizdan oshig‘ini yoshlar tashkil etadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular har tomonlama barkamol bo‘lishi uchun mamlakatmizda barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan.

 

Olis mahalla aholisi bilan uchrashuv

Urgut tumanining chekka hududida joylashgan Jartepa aholisi bilan suhbat qurish, ularning turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Urgut tuman “Shayx Muhiddinxon” jome masjidi imom-xatibi Tursunov Nodir ushbu mahallaga tashrif buyurdi. U joyda aholi va 2-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv va suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida tinchlik va osoyishtalik, ne'matlarning qadriga yetish, yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga tayyorlash borasidagi muhim jihatlarga e'tibor berish kabi mavzularda so‘z yuritildi.

Tadbirdan so‘ng “Shayx Muhiddinxon” jome masjidi imom-xatibi N.Tursunov Jartepa mahallasida yashovchi kam ta'minlangan oila farzandining holidan xabar oldi va unga qishgi kiym sovg‘a qildi.

 

Islom - ezgulik dini

Samarqand shahar 21- umumta'lim maktabida “Islom - ezgulik dini” mavzusida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. O‘quvchi yoshlarga “Qoraboy Oqsaqol” jome masjidi imom-xatibi Bobobek Abdurahimov Qur'oni karim oyatlari, Payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadislari asosida mavzuni yoritib berdi.

 

Islom odob-axloq dinidir

Islom dini odob-axloq dinidir. Islomning eng katta darsi ham axloq darsidir desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Shu ma'noda Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh: “Dinning deyarli uchdan ikki qismi odobdir”, deganlar. E'tibor beradigan bo‘lsak, Alloh taolo O‘zining habibi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni vasf qilganida u zotning nasabi yoki mol-mulki, yoki shaklini vasf qilmagan. Balki: “Albatta, siz buyuk xulq uzradirsiz!” deb, u zoti bobarakotning axloqlarini va odoblarini vasf qilgan. Insonlarni tarbiyalashda turli xil uslub va yo‘llardan foydalanib kelingan. Hozirgi kunda ham yoshlarimizni yuksak ma'naviyatli, teran tafakkur va mustaqil fikrga ega insonlar etib tarbiyalashda teatr san'atining o‘z o‘rni bor. Buyuk ma'rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr - bu ibratxona” degan o‘lmas fikri bugun ham o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q.

 

Olamlarga rahmat bo‘lgan payg‘ambar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Hadis ilmi maktabida “Olamlarga rahmat bo‘lgan payg‘ambar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov, Hadis ilmi maktabi mudiri O.Yusupov, viloyatimiz faxriy imom va ulamolari, talabalar ishtirok etdi.

 

Gunohlarning bu dunyo ham zararlari bor

Samarqand tuman bosh imom-xatibi Bahodir domla Sharipov o‘zining ko‘p yillik mehnati davomida xalqqa ilm ma'rifat yetkazish, yaxshilikka chaqirib, yomonliklardan saqlanishga da'vat etib kelmoqda. Navbatdagi ma'rifiy suhbat tumandagi 74-maktab o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish mavzusida suhbat qurildi.

 

Yosh avlodni turli tahdilardan asrash davr talabi

Bugungi kunda mamlakatmizda yoshlarning manfaatlarini yanada to‘liq ta'minlashga yo‘naltirilgan, ularning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini kafolatlashga xizmat qiladigan huquqiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy tadbirlar tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Amaliy ishlar doirasida yosh avlodni hayotga qat'iy e'tiqod va qarashlar ruhida, mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan milliy, diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari bilan bog‘liq chora-tadbirlar ham  amalga oshirilmoqda

 

Giyohvandlikka qarshi kurashish hammamizning burchimiz

Samarqand shahrida joylashgan Bank kollejida “OITS va Giyohvandlikka qarshi kurashish”  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda “Xo‘ja Yusuf” masjidi imomi Nodirxon Mallayev ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarni OITS va giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogohlantirdi: “Islom dini joriy bo‘la boshlagandan beri giyohvandlikning harom ekani,  uni halol sanaydigan kishi kofir bo‘lib qolishi aytilgan  va barcha ulamolar shunga  ittifoq qilgan. Uni istemol qilish insonning diniga, aqliga, xulqiga, tabiatiga zarar bo‘ladi. Ibn Hojar rohmatullohi alayh giyohvandlik yetkazadigan 120 xil zararni sanaganlar. .Shuningdek, giyohvandlik moddalarini yeyish, ichish, hidlash va igna orqali qabul qilish mutlaqo harom ekanini takidlashgan. Giyohvand moddalarni iste'mol  qilish,  ishlab chikarish, ularning tijorati bilan shug‘ullanish oqibati baxtsizlikdir. Ulamolar giyohvand moddalar orqali qilingan kasb haromdir, ularni tasiri ostida o‘qilgan namoz qabul emas, ulardan kelgan foyda ham harom uni sadaqa ham qilib bo‘lmaydi, deganlar. Bu illat oqibatida shifosiz kasalliklar insonda paydo bo‘ladi va natija o‘lim bilan yakun bo‘ladi. Alloh taolo ato qilgan hayot ne'matini xorlagani uchun oxiratda ham jazo muqarrardir”.

 

Viloyatdagi barcha imom-xatib, imom noib va otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahar “Konsertlar zali”da tuman va shahar bosh imom-xatiblari hamda  barcha imom-xatib, imom noib va otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita masjidlar bo‘limi mas'ul xodimi Z. Sultonov ishtirok etdi.

 

Yoshlar tarbiyasi eng ustuvor vazifalardan biridir

Bulung‘ur tuman bosh imom xatibi To‘lqin domla Ravshanov tumandagi Samarqand mahallasi aholisi bilan, Yoshlar tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik, O‘z joniga qasd qilishni oldini olish va boshqa mavzularda suhbat o‘tkazdi.

 

Loqaydlik ijtimoiy illatdir

Samarqand shahar “Murod Avliyo” jome masjidida  imom-xatibi Husenov Faxriddin mahallalarda faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida bugungi kunda eng dolzarb bo‘lib turgan missionerlik, o‘z joniga qasd qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Ilm berilganlarning darajasi

Qo‘shrabot tumani “Nonberdi ota” jome masjidi imom-xatibi Hasan Saidqulov tumandagi 87-maktabda bo‘lib, o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘quvchilar bilan ilmning fazilati xususida suhbatlashib, ilm kishini ikki dunyo saodatiga eltishi haqida gapirar ekan quyidagilarni aytdi:

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing