O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Olis mahalla aholisi bilan uchrashuv

 
 

Urgut tumanining chekka hududida joylashgan Jartepa aholisi bilan suhbat qurish, ularning turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Urgut tuman “Shayx Muhiddinxon” jome masjidi imom-xatibi Tursunov Nodir ushbu mahallaga tashrif buyurdi. U joyda aholi va 2-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv va suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida tinchlik va osoyishtalik, ne'matlarning qadriga yetish, yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga tayyorlash borasidagi muhim jihatlarga e'tibor berish kabi mavzularda so‘z yuritildi.

Tadbirdan so‘ng “Shayx Muhiddinxon” jome masjidi imom-xatibi N.Tursunov Jartepa mahallasida yashovchi kam ta'minlangan oila farzandining holidan xabar oldi va unga qishgi kiym sovg‘a qildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/11/2019 17:34;   Ko‘rilganligi: 1305
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/olis-mahalla-aholisi-bilan-uchrashuv
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 06:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing