O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Ilm berilganlarning darajasi

 
 

Qo‘shrabot tumani “Nonberdi ota” jome masjidi imom-xatibi Hasan Saidqulov tumandagi 87-maktabda bo‘lib, o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘quvchilar bilan ilmning fazilati xususida suhbatlashib, ilm kishini ikki dunyo saodatiga eltishi haqida gapirar ekan quyidagilarni aytdi:

“Dinimiz bizni o‘zimizga va jamiyatga, dunyo va oxiratga foydasi tegadigan ilm olishga targ‘ib qiladi. Ilm nafslarning hayoti va ozuqasi, aqlning nuridir. Ilm olishga targ‘ib ma'nosi bir qancha oyati karima va hadisi shariflarda o‘z aksini topgan. Ilm sohiblari – imon keltirganlar ichida xos bir maqom va darajalarga ko‘tarilishi haqida Qur'oni karimda xabar beriladi: “...Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur. Alloh qilayotgan (barcha yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir” (Mujodala surasi, 11-oyat).

Shundan so‘ng o‘quvchilarning ota-onalari bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ota-onalarning farzand oldidagi burch va vazifalari haqida imom-xatib to‘xtalib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 13/11/2019 16:20;   Ko‘rilganligi: 1156
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/ilm-berilganlarning-darajasi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 19:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing