O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Viloyatdagi barcha imom-xatib, imom noib va otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Samarqand shahar “Konsertlar zali”da tuman va shahar bosh imom-xatiblari hamda  barcha imom-xatib, imom noib va otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita masjidlar bo‘limi mas'ul xodimi Z. Sultonov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda imom xatib va barcha diniy soha xodimlari tomonidan turli buzg‘unchi oqimlarning yurtimiz tinchligi va jamiyat barqarorligiga qaratilgan tajovuzlariga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lib, barchani ogohlikka chaqirish, tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, farzandlarimizni o‘zbek xalqining boy milliy madaniyatiga mos qilib tarbiyalash, o‘z xalqining milliy qadriyatlariga sadoqatli, sharmu hayo, odob-axloqli, mustaqil fikrlaydigan, iymon e'tiqodli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan insonlar etib voyaga yetkazish, o‘zgalarning iflos va hayosiz harakatlariga ergashayotgan ayrim yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, salbiy sifatlardan ularni asrash va tarbiyaga jiddiy e'tibor qaratish, xalqimizni turli bid'at va xurofat, isrofgarchilik va folbinlikning salbiy oqibatlaridan ogohlantirish, yoshlarimizni turli buzg‘unchi oqimlarning botil g‘oyalariga aldanib qolmaslikka chaqirish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish ustuvor g‘oyasi asosida ish olib borib,  millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikning mohiyati, mutaassiblik, ekstremizm hamda terrorizmning salbiy jihatlari, Islom niqobi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan buzg‘unchi oqim va harakatlarning yuzaga kelish tarixi, ularning maqsadi, g‘oyaviy-aqidaviy asoslari, moliyaviy manbalari, faoliyat uslublari va g‘ayriislomiy mohiyatini ochib berishda faol bo‘lishlari haqida so‘z yuritildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/11/2019 14:53;   Ko‘rilganligi: 1264
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/viloyatdagi-barcha-imom-xatib-imom-noib-va-otinoyilar-ishtirokida-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 18:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing