O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Qozog‘iston va Ukraina muftiylarini qabul qildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman doirasida ushbu anjumanga tashrif buyurgan Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘an o‘g‘li va Ukraina davlati muftiysi Ahmad Tamim hazratlarini qabul qildi.
Qabul jarayonida Qozog‘iston va Ukraina Respubliklarining muftiylari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ushbu ilmiy anjuman orqali qardosh xalqlarning o‘zaro do‘stlik va birdamlik rishtalari yanada mustahkamlanishini ta'kidlab, ilmiy, uslubiy va birdamlik yo‘llarida hamkorlik munosabatlarini davom ettirishga kelishib olindi.
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘an o‘g‘li O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, do‘stlik ramzi sifati qozoq xalqining milliy liboslarini muftiy hazratlariga tuhfa qildi.
Elatib o‘tamiz, bugun “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman yalpi yig‘ilishi o‘z ishini boshlaydi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 03/03/2020 09:13; Ko‘rilganligi: 1030
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 12:08