Umraning fazilatlari bisyor
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollalohu alayhi va sallam aytdilar: — “Kim mana bu Baytulloh – Ka'batullohni yetti bor sanab tavof qilsa va (tavofdan keyin) ikki raka'at namoz o‘qisa, bir qulni ozod qilgandek (savobga erishgan) bo‘ladi. Uning har bir bosgan va ko‘targan qadami sababli Olloh undan bir gunohni kechirib, u sababli unga bir yaxshilik – savob yozadi”. (Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja, Hokim rivoyatlari).
Darhaqiqat, Umrada savob ko‘p. Uni ado etishda sunnatda belgilangan odob va tartibiga rioya qilinsa hadisi shariflarda bashorati berilgan savoblarga kishi doxil bo‘ladi. Hozirgi kecha-kunduzda Samarqand viloyatidan borgan 244 nafar ziyoratchilarimiz Makka shahrida bo‘lib, ziyorat va ibodatlarini ado etmoqda. Ularga besh nafar tajribali, salohiyatli imom-xatiblarimiz rahbar sifatida ibodatlarini mukammal bo‘lishi, muammo va qiyinchiliklarga duch kelmasliklari uchun sa'y harakat qilmoqda. O‘zlarining ma'ruza va ko‘rsatmalari bilan ziyoratchilarga Umra ibodatining shartlari, odob va tartiblari, muqaddas maskanlarning tarixi kabi mavzularda tushunchalar berib bormoqda.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 24/02/2020 15:40; Ko‘rilganligi: 1081
Chop etilgan vaqti: 07/12/2024 23:35