Chekka hudularga tashrif
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi rejasiiga binoan notiq, tajribali imom-xatiblar viloyatimizning chekka hududlaridagi jome masjidlarga borib Juma nomozini ado etish va nomozxonlar bilan suhbat o‘tkazish belgilangan.
Ushbu reja bo‘yicha, 21 fevral kuni Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imom noibi Akmal Murodov Urgut tumanining chegara hududida joylashgan Mo‘minobod qishlog‘idagi “Mulla To‘raqul” jome masjidiga borib Juma nomozini ado etdi. Nomozxonlar bilan uchrashib, ularga “Takfir tushunchasi” mavzusida ma'ruza qildi. Shuningdek, yurtimiz osoyishtaligi, xalq farovonligini so‘rab duolar qilindi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 22/02/2020 07:50; Ko‘rilganligi: 1404
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 14:59