Prezident Farmoni bilan 113 nafar fuqaro afv etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev eng aziz umummilliy bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligi e'lon qilinganining 29 yilligini nishonlash arafasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatning amaliy tasdig‘i sifatida “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
Toshkent islom institutida kunduzgi va modul ta'limi yo‘nalishlari uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma'lumot
Pandemiya sharoitida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Joylarga tashrif davom etmoqda...
Bugun, 27 avgust erta tongdan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumanida joylashgan, yaqinda milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos qurib bitkazilgan “Chubin” jome masjidining yangi binosiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida viloyat bosh imom-xatibi bu dargohda olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
ALLOHNING MUHARRAM OYIDAGI NAFL RO‘ZALAR HAFTASIGA MARHABO!
ALLOHNING MUHARRAM OYIDAGI NAFL RO‘ZALAR HAFTASIGA MARHABO!
MUBORAK ASHURO OYINING MUBORAK FAZILATLARI
Hozirgi oylarimizni nomlari taqvimlarda «muharram» deb yozilsada, bizni dono xalqimiz necha asrlardan beri bu oylarni «ashuro» (arab t. «o‘n kunlik») oyi deb ulug‘lab kelgan. Shuning uchun ham shunday ulug‘, muqaddas, fazilatli oylarning hurmat-sharofatlaridan, muqaddas pok Islom dinimizga bo‘lgan beqiyos mehri yuzasidan, payg‘ambarlarimizga bo‘lgan kamoli ehtiromidan va cheksiz hurmatidan ota-bobokalonlarimiz o‘zlarining shakardan shirin farzandlarini «Ashurali», «Ashurbek», «Ashurgul», «Ashuraxon», «Ashurmat», «Muharram», «Muharrambek», «Muharramxon» kabi ismlar bilan nomlab kelgan. Sababi – bu oyda insoniyat tarixidagi ko‘p payg‘ambarlarning hayotlarida olamshumul voqealar sodir bo‘lgan.
G‘aflatda qolmang! Jamoat namozining 6 fazilati
Jamoat namozi – savobi ulug‘ ibodat. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jamoat namozi yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja afzaldir”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Oliy diniy ta'lim muassasalarida qabul imtihonlarini o‘tkazish kunlari belgilandi
Pandemiya sharoitida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Joylardagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi
Bugun, 25 avgust kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov bilan birgalikda Nurobod tumani “Jom ota” jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Hozirda mazkur masjidning tashqi tomonlarida pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Urgut tumanida “Mahallalarda ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi
Mahallalarda ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ma'rifat, axloq-odob, o‘zbekona an'analarni aholi orasida targ‘ib qilish mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Tuman hokimligida o‘tgan tadbirda mahalla maslahatchilari, imom xatiblar, otinoyilar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Dillarga hushnudlik ulashildi!!!
Bugun 25 avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan Jomboy tumani “Kattaqishloq” mahallasi “Uzunovul” massivida tuman hokimligi tashabbusi bilan homiylar jalb qilingan holda kam ta'minlangan 10 nafar oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi. Shuningdek, ushbu mahallada yashovchi, kam taminlangan 15 ta oilaga yangi uy kalitlari topshirildi. Xatna to‘ylari nishonlanayotgan yoshlarning har biriga velosiped topshirildi.
QUR'ON MUXLISLARI UCHUN YANGI LOYIHA: ONLAYN-TAJVID DARSLARI
Muxlislarning talab va istaklarini inobatga olgan holda Toshkent islom instituti «Tahfizul Qur'on» kafedrasi mudiri, tajvid ustozi va ijoza sohibi – Jahongir qori Ne'matovning tajvid darslarini yangi shakl va innovatsion uslublarda taqdim etiladi.
Ashuro qanday kun va o‘sha kuni nima qilish kerak?
Bugun, 20 avgust hijriy 1442 yil Muharram oyining birinchi kuni. Ushbu oyning Ashuro kuni, ya'ni 10-kuni (30 avgust) ko‘plab muhim voqea va hodisalar sodir bo‘lgan. Bu haqda tarix kitoblarida batafsil ma'lumot berilgan. Shu o‘rinda ularning ayrimlarini esga olib o‘tamiz:
Munosabat: ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan soxta payg‘ambarlik da'vosi yuzasidan
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Malabek o‘g‘li Jamollidin, deb tanishtirgan shaxsning “Allohning vakili qilib yuborilgani, hamma uchun yagona din “Imon yo‘li dasturi” dinini targ‘ib qilish, bunga 35 yil tayyorgarlik ko‘rgani, muayyan ibodatlar dasturi borligini” aljirab chiqqan videosi tarqaldi.
Xushxabar: xalqimizga yana bir yangi masjid muborak bo‘lsin!
Shu yil 20 avgust kuni Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi “Varroq Termiziy” masjidini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazib, bu haqdagi guvohnomani masjid xodimlariga topshirdi. Ushbu masjid viloyatdagi Termiz tumani “Yangi hayot” mahallasida joylashgan. Uning nomi buyuk ajdodimiz Varroq Termiziy hazratlari nomiga qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoev: Pandemiya Mustaqillik kunida katta yig‘in va sayillar o‘tkazishni cheklashni talab qilmoqda
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tmoqda. Tadbirni ochar ekan, davlatimiz rahbari pandemiyani jilovlash doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib, Mustaqillik bayramini bunday sharoitda nishonlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.




















