Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarga munosabat
Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlar tomonidan “Navoiy viloyatida Qur'oni karim kitobi ichiga giyohvand modda yashirgan imom-xatib (ayrim manbalarda “mulla”) qo‘lga olindi” degan xabar tarqatildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu holatni tezkorlik bilan o‘rganib, mazkur qo‘lga olingan shaxs Diniy idora tizimida mutlaqo ishlamasligi to‘g‘risida tegishli ommaviy axborot vositalari va internet manbalari mas'ullariga xabar berildi. Shundan keyin “imom-xatib”, “mulla” so‘zlari “shaxs”, deb qayta tahrir qilindi.
Ko‘ngillarga xushnudlik ulashildi
Jamiyatda mehr-muruvvatga tashna, moddiy-ma'naviy ko‘mak va himoyaga muhtoj bo‘lgan insonlar ham mavjud ekani ma'lum. Dinimiz ta'limotida insoniyatni o‘zaro bir-birlariga yaxshilik qilishga, muhtojlarga yordam ko‘rsatishga buyurilgan.
Bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Kuni kecha, 7 sentyabr' kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov faxriy imomlarimiz Mahmudjon domla Ibodullayev hamda Habibulloh domla Boyqobilovlar bilan birgalikda Tayloq tumanida joylashgan “Madaniyat” jome masjidiga tashrif buyurdilar. Joriy yil boshida mazkur masjidning yangi binosi milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos holda qayta qurilib namozxonlarga topshirildi. Hozirda ushbu masjid tahoratxonasining qayta qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Marhum Mustafoqul domlaga yuksak ehtirom – o‘ttiz besh yil mehnat qilgan masjid qayta bunyod etiladi
Kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi a'zosi, ko‘p yillar diniy sohada mehnat qilgan, fazilatli ulamo Hoji Mustafoqul domla Melikov vafot etganlari haqida xabar bergan edik.
Bugun, 3 sentyabr kuni muhtaram Prezidentimizning marhum ulamo farzandlari va yaqinlariga chuqur hamdardliklarini yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiliklaridagi bir guruh mutasaddilar, ulamolar va imom-domlalar hoji Mustafoqul domla xonadoniga tashrif buyurdilar. Dastlab, Qur'oni karim oyatlari tilovat qilinib, marhum ulamoning ruhi pokiga baxshida etildi.
USTOZNI XOTIRLAB
Barcha dinlar ichida ilk bor ilmning inson hayotidagi o‘rniga ahamiyat bergan va ilmga keng yo‘l ochgan din – Islom dinidir. Insoniyatga qiyomatgacha dasturul amal bo‘lgan Qur'on Karimning ilk oyatlari ham bunga yaqqol dalil bo‘ladi. Muqaddas dinimizda ilmning va ulamolarning o‘rni beqiyosdir. Dunyoning muvozanatda turishligi ham Allohni qalbiga joylagan, taqvodor ulamolarga bog‘liq.
29 mingdan 29 ta fakt yoxud istiqlol yillaridagi ishlarning dengizdan tomchisi
“Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Chunki bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.”
Sh.M. MIRZIYOYEV
Muftiy hazratlari abituriyentlarga muvaffaqiyat tiladilar
Bugun, 3 sentyabr kuni Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” jome masjidi hovlisida Hadis ilmi maktabiga yangi o‘quv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ijodiy imtihonlar boshlanishi munosabati bilan yurtimizdagi barcha abituriyentlarga Alloh taboraka va taolodan muvaffaqiyat tiladilar. Shuningdek, muftiy hazratlari Hadis ilmi maktabi abituriyentlariga omad tilar ekanlar Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy kabi allomayu-ajdodlarga munosib voris bo‘lishga jiddu jahd qilishga chorladilar. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan mazkur oliy dargohda eng zamonaviy shart-sharoitlar hozirlangani va o‘tgan o‘quv yilida 12 nafar talaba eng yuqori imkoniyatlarda ta'lim olganlariga alohida urg‘u qaratdilar.
Ta'kidlash joizki, bu yilgi imtihonlarni tashkil qilish va o‘tkazish avvalgi yillardagidan o‘zgacha bo‘lmoqda. Abituriyentlar uchun ochiq maydonlarda yetarli o‘rinlar hozirlangan bo‘lib, imtihon jarayonlari internet orqali onlayn uzatib borilmoqda. Mazkur ishlar karantin talablariga amal qilish barobarida imtihonlarning haqqoniyligi va shaffofligini to‘la ta'minlaydi.
O‘zbekistonda juma namozlari 4 sentyabrdan ado etiladi
Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga asosan 4 sentyabr, juma kunidan boshlab diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat berildi.
Ushbu qarorga muvofiq, yurtimizdagi jome masjidlarda juma namozlari 4 sentyabr, juma kunidan boshlab ado etilishiga ruxsat etildi.
3 sentyabr kuni madrasalarga kirish imtixoni jarayonlari onlayn uzatiladi
3 sentyabr kuni Hadis ilmi maktabiga 2020-2021 o‘quv yili uchun imtihonlar o‘tkaziladi. Bu yilgi imtihonlarini tashkil qilish va o‘tkazish avvalgi yillardagidan ko‘ra o‘zgacha bo‘lishi rejalashtirilgan. Abituriyentlar ochiq maydonlarda yetarli o‘rinlar hozirlangan bo‘lib, imtihon jarayonlari internet orqali onlayn uzatib boriladi.
BAYRAM MUBORAK BO‘LSIN!
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu salomlar bo‘lsin.
Qatag‘on qurbonlari ruhlariga bag‘ishlab Qur'on tilovat qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 31 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi.
Majmuadagi ramziy qabr yonida qatag‘on qurbonlari ruhlariga bag‘ishlab Qur'on tilovat qilindi. Shu yerda nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot bo‘ldi.
O‘zaro nikohi harom bo‘lganlarga nikohlanish (o‘n to‘rtinchi maqola)
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Islomda harom qilingan jinsiy aloqalarning yana bir ko‘rinishi o‘zaro nikohlanishi harom bo‘lganlarning nikohlanishidir.
Masjidlardagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Kuni kecha 28 avgust kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Qo‘shrobod tumanida joylashgan, yaqinda milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos qurib bitkazilgan “Jo‘sh ota” jome masjidining yangi binosiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida viloyat bosh imom-xatibi bu dargohda olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Faol imom xatiblar taqdirlandi
Bugun, 28 avgust kuni Samarqand vakilligi binosida Davlatimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan viloyatimizdagi eng faol imom-xatib, imom-noib va soha vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov tadbirga yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan mustaqillikning 29 yilligi bilan qutlab, masjid faoliyatida xolis xizmat qilayotgan barcha xodimlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng fidokorona mehnatlari, chuqur bilimi, tajribasi, namunali xulqi, fidokorligi bilan Allohning baytiga, dinimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan imom-xatib, imom noiblaridan iborat o‘n nafar soha xodimlari faxriy yorliq va qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlandi. Alloh taoloning roziligi yo‘lida, dinimizning rivoji, Vatanimizning ravnaqi borasidagi barcha solih amallarining husni qabul bo‘lishini so‘rab, duolar qilindi.




















