3 sentyabr kuni madrasalarga kirish imtixoni jarayonlari onlayn uzatiladi
3 sentyabr kuni Hadis ilmi maktabiga 2020-2021 o‘quv yili uchun imtihonlar o‘tkaziladi. Bu yilgi imtihonlarini tashkil qilish va o‘tkazish avvalgi yillardagidan ko‘ra o‘zgacha bo‘lishi rejalashtirilgan. Abituriyentlar ochiq maydonlarda yetarli o‘rinlar hozirlangan bo‘lib, imtihon jarayonlari internet orqali onlayn uzatib boriladi.
Bu esa, imtihonlarning haqqoniyligi va shaffofligini to‘la ta'minlaydi. Shuningdek, olingan bilimlarni sinovdan o‘tkazish onlarida farzandiga dalda bo‘lish uchun ota-onalar hamda shu sohaga qiziquvchilar masofadan turib imtihon jarayonini istalgan joydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib tashkiliy jihatlarga baho berishlari mumkin bo‘ladi.
Demak, 3 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab O‘zbekiston musulmonlari idorasining MuslimTV jamoasi tomonidan uzatiladigan test sinovlari jarayonini Youtube mediaportalining ... kanali va Facebook ijtimoiy tarmog‘ining https://www.facebook.com/muslimuzportal sahifasida orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
Qabul imtihonlari jarayonida yanada ochiq-oshkoralikni ta'minlash maqsadida, ITV – internet televideniya orqali imtihonlarni jonli efirda ko‘rish uchun texnik imkoniyat ham yaratib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy diniy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlari uchta fandan ikkita fanga o‘tkazildi, ijodiy imtihonlar qisqartirildi.
Qabul imtihonlarini karantin talablaridan kelib chiqqan holda ochiq maydonlarda o‘tkazish belgilandi.
Hadis ilmi maktabi — 3 sentyabr «Hadis va mustalah al-hadis» (ijodiy imtihon). Imtihon o‘tkazish joyi — Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.
4 sentyabr «O‘zbekiston tarixi» (test sinovi). Imtihon o‘tkazish joyi — Toshkent islom instituti binosi hovlisi.
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti — 7 sentyabr «Fiqh va aqoid», «O‘zbekiston tarixi» fanlari (test sinovi). Imtihon o‘tkazish joyi — Hazrati Imom majmuasi ochiq maydon qismi.
Mir Arab oliy madrasasi — 10 sentyabr «Fiqh va aqoid», «O‘zbekiston tarixi» fanlari (test sinovi). Imtihon o‘tkazish joyi — Mir Arab oliy madrasasi binosi ochiq ayvon qismi.
Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan joyga kiritish ertalab soat 6:00dan 6:30gacha davom etadi. 6:30dan 7:00gacha savollar kitobchalari va javoblar varaqasini tarqatish, javoblar varaqasini to‘ldirish tartibi tushuntiriladi.
Test sinovlari ertalab 7:00 dan 9:20 gacha davom etadi, sinovlar boshlangandan keyin kelgan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.
Abituriyentlar qabul imtihonlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va imtihonga kirish ruxsatnomasi bilan kelishi talab etiladi. Imtihonga kirish ruxsatnomasini qabul.muslim.uz portali orqali yuklab olish mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 02/09/2020 07:14; Ko‘rilganligi: 1403
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 05:23