Imom-xatiblarimiz “Imom Termiziy” xalqaro ilmiy tadqiqot markazida bo‘ldilar va tanishuv darslarida ishtirok etdilar
Xabaringiz bor Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Vaqf xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali, joylardagi barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblarining Surxondaryo viloyatida joylashgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markaziga tashriflari davom etmoqda....
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Ibrohimjon domla Inomov Samarkand viloyatiga tashrif buyurdilar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Ibrohimjon domla Inomov Samarkand viloyatiga tashrif buyurib, Kattaqo‘rg‘on shahar va Kattaqo‘rg‘on tuman imom-xatiblari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuvda imom-xatiblarimizning faoliyatini tubdan o‘rganib, ular uchun kerak va zarur bo‘lgan tavsiyalarni berib o‘tdilar.
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi boshchiligida imom-xatiblar Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdilar
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi boshchiligida imom-xatiblar Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdilar va birinchi "Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sulamiy Bug‘iy Termiziy" maqbaralarini ziyorat qildilar.
Mavludi sharif muborak
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan Robi'ul avval oyi munosabati bilan islom dunyosida, xususan yurtimizda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ulug‘ nasablari, pok fitratlari, ibrat va hikmat to‘la muborak hayotlarini tarannum etguvchi mavlidi sharif o‘qilishi ezgu an'anaga aylangan.
Imom-xatiblarimiz tomonidan olis va chegara hududlarida Juma namozlari o‘qildi
Bugun 23 oktyabr kuni viloyatimizning olis va chegara hududlarida joylashgan masjidlarga tajribali va salohiyatliimom-xatiblarning Juma namoziga tashrifi rejasi yuzasidan bugun chegara huddudida joylashgan masjidlarga Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi imom-xatibi Utkir domla Umirqulov Bulung‘ur tumanida joylashgan “Olomon” masjidiga, Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imom-xatibi To‘lqin domla Amirov Urgut tumanida joylashgan “Boybul” masjidiga hamda olis hududlardagi masjidlarga esa Samarqand shahar “Qoroboy oqsaqqol” jome masjidi imom-xatibi Bobobek domla Abdurahimov, Paxtachi tumani joylashgan “Bolg‘ali” masjidiga Samarqand shahar “Qo‘shhovuz” jome masjidi imom-noibi Habibulloh domla Boyqobilov Urgut tumanida joylashgan “Beshkapa-2” masjidiga Samarqand shahar “Qo‘shboqqoli” jome masjidi imom-xatibi Jobir domla Rustamov, Kattaqo‘rg‘on tumani joylashgan “Yonbosh” masjidiga tashrif buyurdilar.
Samarqand shahar imom-xatiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Samarqand shahrida mavjud 23 masjidlarning imom xatiblari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish Xo‘ja Abdu Darun masjidida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda masjidlarning faoliyatini yanada samaradorligini oshirish, namozxonlarga qulay sharoitlar yaratish, yaqinlashib kelayotgan qish mavsumiga tayyorgarlik, pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda sanitariya talablariga masjidlarda qat'iy rioya etilishini nazorat qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi
Bugun, 22 oktyabr kuni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Tashrif avvalida “Mehr-2” insonparvalik operatsiyasi orqali vatanga qaytarilgan bolalar bilan uchrashib, ularga o‘quv qurollari va turli xil o‘yinchoqlarni hadiya qildi.
XUSHXABAR: MUHIM QO‘LLANMA NASHRDAN CHIQDI!
Taraqqiyotimizning yangi davrida milliy huquq tizimini isloh qilish, huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish borasida juda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, diniy tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarva ushbu soha bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassislarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur
Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Ilm-ma'rifat beshigi
Markaziy Osiyo – ilm-ma'rifat o‘chog‘i. U dunyo sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar beshigi hamdir.
Bu zaminda azaldan komil inson tarbiyasiga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Bunga ushbu zaminda tug‘ilib voyaga yetgan buyuk allomalar ijodiyu jahongir sarkardalarning bunyodkorlik faoliyati yorqin misol.
Xalqimizga yana bir yangi masjid muborak bo‘lsin!
Kecha, 16 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani “Xalq yo‘li” mahallasi hududidagi “Sayyid Habibulloxon” masjidi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kiyimimiz bizga ziynat bo‘lyaptimi?
Kiyim – kishi ma'naviyati, madaniyati, didi va dunyoqarashining ko‘zgusi. U insonni issiq va sovuqdan saqlaydi, avratlarini berkitib, kishiga ziynat bo‘ladi.
Talaba-yoshlar bilan onlayn ma'rifiy uchrashuv o‘tkazildi
Transport universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov ishtirokida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan onlayn ma'rifiy ma'ruza tashkil etildi.
Chegara hududlarda Juma namozi ado etildi
Viloyatning olis va chegara hududlarida joylashgan masjidlarga tajribali va salohiyatliimom-xatiblarning Juma namoziga tashrifirejasi yuzasidan bugun Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Bulung‘ur tumanida joylashgan “Cho‘yantepa” masjidiga hamda Samarqand shahar “Damariq” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov Urgut tumanida joylashgan “Mo‘lla Muhammadi” masjidlariga tashrif buyurdilar.
Unutilayotgan sunnatlar (3-sunnat): Uyqudan uyg‘onganda yuzni ishqalash
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyg‘onib, o‘tirdilar va yuzlarini ishqalab, uyquni aritdilar” (Imom Muslim rivoyati).




















