«Hilol» nashriyotining Samarqanddagi do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Avval xabar qilganimizdek Samarqand viloyatidagi filialimiz yangi manzilda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Do‘konimizning rasmiy ochilish marosimi bugun o‘tkazildi.
Tadbirga faxriy imom va Samarqandagi «Imom Buxoriy» jome' masjidi noib imomi Mahmudjon domla tashrif buyurdilar. Shuningdek «Grand Ta'lim» o‘quv markazi rahbari Muzaffar Sattiyev ham tadbirda ishtirok etdilar. Marosim so‘nggida qilinayotgan ishlar bardavom va xayrli bo‘lishidan, xalqimiz uchun manfaatli bo‘lishidan umid qilib xatmi Qur'on baxshida qilindi.
Alloh taolo boshlagan ishimiz davomiy bo‘lishini, ilm-ma'rifat tarqatuvchi maskanlar bundan ham ko‘p bo‘lishini, ushbu yangi do‘konimiz Vatanimiz, millatimiz, dinimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shishini nasib qilsin!
Kiritilgan vaqti: 05/11/2020 09:34; Ko‘rilganligi: 1243
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 07:09