O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Amallar ilmsiz qabul qilinmaydi

 
 

Samarqand shahridagi masjidlarda faoliyat olib borayotgan imom-xatiblarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda masjid, imom-xatiblar faoliyatiga doir va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Masjidlarni kuz-qishgi mavsumga tayyorlash, tahoratxonalardagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng imom-xatiblarning Aqida fanidan yo‘lga qo‘yilgan darslari davom etdi. O‘zaro savol-javob, fikr almashish va hozirgi kundagi dolzarb bo‘lib turgan masalalar muhokamasi bilan qizg‘in tarzda o‘tgan ilm soati imom-xatiblar uchun manfaatli bo‘lganligi shubhasizdir. Bu kabi darslar har bir tuman va shahar imom-xatiblari o‘rtasida ham tashkil etilsa uning natijasi samarali bo‘lar edi. Zero, rivoyatda keltirilisha, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Amallarning qaysi biri afzal?” deb so‘raganida, Nabiy alayhissalom: “Ilm”, dedilar. U kishi ikkinchi, uchinchi bor so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga avalgidek javob berdilar. Shunda u kishi: “Ey Rasululloh, sizga salomlar bo‘lsin, men amal haqida so‘rayapman”, dedi. Nabiy alayhissalom: “Alloh amallarni ilmsiz qabul qiladimi?” dedilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 28/10/2020 16:35;   Ko‘rilganligi: 648
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/amallar-ilmsiz-qabul-qilinmaydi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 13:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing