O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bugun 30 oktyabr, juma kuni viloyatimizning olis va chegara hududlarida joylashgan masjidlarda tajribali va salohiyatli imom-xatiblarimiz Juma namozini ado etishdi

 
 

Bugun 30 oktyabr, juma kuni viloyatimizning olis va chegara hududlarida joylashgan masjidlarga tajribali va salohiyatliimom-xatiblarning Juma namoziga tashrifi rejasi yuzasidan bugun chegara huddudida joylashgan masjidga Jomboy tumani bosh imom-xatibi Anvar domla Ahmedov Urgut tumanida joylashgan “Saroy” masjidiga, Samarqand shahar “Namozgoh” jome masjidi imom-xatibi Xusen domla Mirzoahmadov Paxtachi tumanida joylashgan “G‘oyib ota” masjidiga tashrif buyurdilar.

Imom domlalarimiz mazkur masjidlarda yig‘ilgan namozxonlarga “OLAMLARGA RAHMAT BO‘LGAN PAYG‘AMBAR (SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM)mavzusi asosida sermazmun ma'ruza qildilar.

Biz ummat o‘laroq insoniyatning eng buyugi – suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari, sunnatlari, go‘zal shamoillari va yuksak axloqlarini qunt bilan o‘rganishimiz va yosh avlodlarga o‘rgatishimiz zimmamizdagi oliy burchimizdir. Alhamdulillah, hozirda Habibimiz alayhissalomning muborak siyratlariga bag‘ishlangan turli-tuman kitoblar nashr etilgan. Biz oila a'zolarimiz davrasida shu kitoblardan mutolaa qilishni joriy qilaylik. Farzandlarimiz qalbida Nabiy alayhissalomga nisbatan muhabbatni uyg‘otaylik. Zero, hazrati Ali raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Farzandlaringizga uch xislat: Nabiyyingizga, U zotning ahli baytiga va tilovati Qur'onga muhabbat asosida odob beringlar. Chunki, Qur'on egalari Qiyomat kuni Allohning soyasidan boshqa soya bo‘lmaydigan kunda, U Zotning soyasida anbiyolar va asfiyolar bilan birga bo‘lurlar”, – deganlar (Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Juma namozi so‘ngida jamoat bilan Alloh taolodan yurtimiz tinchligini, butun dunyoga rahna solib turgan kasallikning insoniyat boshidan tezroq arishini so‘rab duoi xayrlar qilindi.

Alloh taolo barchamizga Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashishni, U Zotdan o‘rnak olishni nasib etsin! Omin!

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 30/10/2020 17:01;   Ko‘rilganligi: 1173
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bugun-30-oktyabr-juma-kuni-viloyatimizning-olis-va-chegara-hududlarida-joylashgan-masjidlarda-tajribali-va-salohiyatli-imom-xatiblarimiz-juma-namozini-ado-etishdi
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 03:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing