O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand va Buxoro viloyati imom-xatiblari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

 
 

Samarqand viloyati hokimligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,  O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand va Buxoro viloyati vakilligi, Hadis ilmi oliy maktabi, Mir Arab oliy madrasasi va Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti hamkorligida Buxoro va Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar uchun “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti” va “Tasavvufning vazifalari tariqat va shariat” mavzularida o‘quv – seminar o‘tkazilmoqda.

Diniy soha xodimlari erta tongdan muhaddislar sultoni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilib,  ul zot haqqiga Qur'on tilovot qilindi.

Shundan so‘ng mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markaz direktori Sh.Ziyodov markazning tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, xalqaro hamkorlik, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirib, erishilgan yutuqlar xususida ma'lumot berdi

Markaz muzey fondidan o‘rin olgan eksponatlar, devoriy suratlar, Imom Buxoriy asarlari nusxalari, shuningdek, mussasaga Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san'ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) tomonidan hadya etilgan xattotlik namunalari ko‘rgazmasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ayni daqiqalarda o‘quv-seminar boshlandi. Seminar dasturidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori va ilmiy xodimlarining ma'ruzalari ham o‘rin olgan.


O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/10/2020 11:54;   Ko‘rilganligi: 1173
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-va-buxoro-viloyati-imom-xatiblari-uchun-oquv-seminar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing