Ishtixon tumanida sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Ishtixoon tumanidagi mavjud 11 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Ishtixon tuman “Polvon ota” jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
❗️Diniy erkinliklarni yanada kengaytiruvchi qonun Senat tomonidan ma'qullandi
Senatning navbatdagi yalpi majlisida yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun ma'qullandi.
☑️ Qonun bilan vijdon erkinligini ta'minlashning asosiy ustuvorliklari, diniy tashkilotlarning huquq va majburiyatlari doirasi aniq belgilab berilmoqda. Diniy tashkilotlar faoliyatining qo‘shimcha kafolatlari mustahkamlanmoqda.
“Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyat bosh imom-xatibining soha vakillariga tabrigi
27 iyun kuni “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” sifatida mamlakatimizda keng nishonlanib kelmoqda. Shu fursatdan foydalanib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi xodimlari nomidan soha vakillarining barchasini 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zimizning yuksak hurmat va ezgu tilaklarimizni bildiramiz.
Viloyatimizdagi chegara hududlarda joylashgan masjidlarga notiq imom-xatiblarning tashrifi
O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara hududlarda joylashgan masjidlarga notiq imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 25 iyun Juma kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumani “To‘rtko‘l” masjidiga, Samarqand tuman bosh imom-xatibi Baxodur domla Sharipov Urgut tumani “Humuliy” masjidiga, Pastdarg‘om tuman “Nurul Islom” masjidi imom xatibi Ozod domla Nazarov Urgut tumani “Mulla Muhammadi” masjidiga, Samarqand shahar “Xo‘ja Yusuf” masjidi imom xatibi Mallayev Nodir Urgut tumani “Ahmad Ochil” masjidiga, Tayloq tuman “Tayloq Ota” masjidi imom xatibi Ismoilov Begmurod Urgut tumani “Mulla To‘raqul” masjidiga, Payariq tuman “ Islom Nuri” masjidi imom xatibi Abduxoliqov Mansur Bulung‘ur tumani “Olomon” masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.
“Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta'minlashda parlamentning roli” mavzusidagi parlament forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytda: Payariq tumanidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta'minlashda parlamentning roli” mavzusidagi parlament forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqand shahar imom-xatiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 23 iyun kuni Xo‘ja abdu Darun masjidida Samarqand shahar imom-xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda 23 ta masjidlarning imom-xatiblari va Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamatqulov, Din ishlar bo‘yicha Qo‘mitaning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Boymurodov, Din ishlar bo‘yicha Qo‘mitaning Samarqand shahar bosh mutaxassisi R.Sultonovlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda aholi orasida diniy-ma'rifiy suhbatlarni tizimli ravishda amalga oshirish, kunlik besh vaqt namozlarda jamoatga daolzarb mavzularda mav'izalar qilish, shuningdek, mamlakatimizda pandemiyaga oid kasallikning bir miqdor ko‘payish holati kuzatilishi sababli masjidga tashrif buyuruvchi namozxonlarning tibbiy niqobda bo‘lishi, oraliq masofani saqlash yuzasidan imom-xatiblar xalqchil, sodda tarzda muntazam ravishda namozxonlarga eslatmalar berib borishi kabi masalalar muhokama qilindi.
Xorijiy diniy ta'lim muassasalari
“Al-Azhar” ta'lim majmuasining barcha muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish bo‘yicha murojaatlari joriy yil uchun 2021 yil 25 iyun kunidan – 15 iyul kunigacha (keyingi yillar uchun (yil davomida) 1 avgustdan keyingi yil 30 iyun kuniga qadar) Maslahat kengashi (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita) tomonidan qabul qilinadi.
#Qabul_2021-2022: Oliy va o‘rta-maxsus diniy ta'lim muassasalariga hujjat qabul qilish muddatlari e'lon qilindi
Joriy 2021-2022 o‘quv yili uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari onlayn shaklda muslim.uz saytidagi qabul.muslim.uz elektron portali orqali qabul qilinadi.
Otinoyilar uchun o‘quv-seminartashkil etildi
Joriy yilning 16 iyun kuni O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov otinoyilar uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarida “O‘zbekistonda yangi o‘yg‘onish - uchinchi Renessans davrida ayol ma'rifatining mohiyati” mavzusidagi birinchi darsini boshlab berdi.
Ulamolar tashrifi masjidlar jamoati va ehtiyojmand kishilarning qalbiga xursandchilik olib kirdi
Nurobod tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Nurobod tumanidagi mavjud 14 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Nurobod tuman “Qoqsoy” jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Nurobod tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.
Muftiy hazrat ishtirok etgan hufton namoziga minglab namozxonlar tashrif buyurdi
Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hufton namozini Namangan shahrida joylashgan “Abu Yusuf” jome masjidida namozxonlar bilan birga-birga ado etdilar.
Muftiy hazratlari boshchiligidagi ulamolarning navbatdagi tashrif manzili – NAMANGAN
Shu yil 14 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligidagi bir guruh ulamolarning Namangan viloyatiga tashriflari boshlanadi.
Muftiy hazratlari boshchiligidagi ulamolarning navbatdagi tashrif manzili – FARG‘ONA
Shu yil 12 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligidagi bir guruh ulamolarning Farg‘ona viloyatiga tashriflari boshlanadi.
Asakadagi jome masjidda ulamolar mav'iza qildilar
Bugun, 8 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Toshkent islom instituti katta ustozi Muhammad Ayubxon domla Homidov Andijon viloyatiga safardari mobaynida Asaka tumanidagi “Fayziobod” jome masjidiga mo‘min-musulmonlar bilan birga shom namozini ado etish va samimiy suhbat qilish uchun tashrif buyurdilar.




















