Notiq imom-xatiblarning Urgut tumanidagi masjidlarga tashrifi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara hududlarda joylashgan masjidlarga notiq imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 2 iyul Juma kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Urgut tumani “Boybul” masjidiga, Samarqand shahar “Shohi Zinda” masjidi imom-xatibi Samariddin domla Mirzayev Urgut tumani “Yoqub Oxun” masjidiga, Ishtixon tuman “Polvon ota” masjidi imom-xatibi Alijon domla Yoqubov Bulung‘ur tumani “Cho‘yantepa” masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.
Juma namozida imom-xatiblarimiz “ SOLIH AMAL – QALB LAZZATI” mavzusida ma'ruza qildilar.
Juma namozi ado etilgach, ushbu masjidlarning obod bo‘lishi yo‘lida beminnat xizmat qilgan barcha-barchaga ajru savobini ko‘paytirib berishini va bu masjidlarimiz qiyomatgacha namozxonlar uchun ibodat maskani bo‘lishini Allohdan so‘rab duolar qilindi.






O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 02/07/2021 17:33; Ko‘rilganligi: 1046
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 06:09





















