O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarga tashrif davom etmoqda

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarga tajribali imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 9 iyul Juma kuni Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Urgut tumani “Soyg‘o‘s” masjidiga, Samarqand tumani “Imomi A'zam” masjidi imom-noiblari Abdurahim domla Po‘latov va Nurullo domla Nabiyev Urgut tumani “Saroy” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on shahar “Muhammad Naqibbek” masjidi imom-xatibi  Anvar domla Nazarov Narpay tumani “Naqishbandiy” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on shahar “Qorirovat” masjidi imom-xatibi  Saydullo domla Ro‘ziyev Paxtachi tumani “Xo‘ja Ziyovuddin” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on tumani “Xo‘ja Abdurahmon ota” masjidi imom-xatibi  Sirojiddin domla Shamsiddinov Narpay tumani “Xo‘ja Karzon” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on tumani “Abul Hasan Andoqiy” masjidi imom-xatibi  Safaxon domla Bokayev Paxtachi tumani “Toshko‘prik” masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.

Juma namozida imom-xatiblarimiz “PORAXO‘RLIK – TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusida sermazmun ma'ruza qildilar.

Juma namozi ado etilgach, ushbu masjidlarning obod bo‘lishi yo‘lida beminnat xizmat qilgan barcha-barchaga ajru savobini ko‘paytirib berishini va bu masjidlarimiz qiyomatgacha namozxonlar uchun ibodat maskani bo‘lishini Allohdan so‘rab duolar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/07/2021 18:09;   Ko‘rilganligi: 1002
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/chegara-va-chekka-hududlarda-joylashgan-masjidlarga-tashrif-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 17:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing