Xabarlar

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari davolanish muolajasini olmoqdalar

Shu kunlarda Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari to‘g‘risida turli asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus (COVID-19) vabosining keng tarqalishi oldini olish bo‘yicha FATVOSI

Bismillahir Rohmanir Rohiym, 

Muhtaram mo‘min-musulmon birodarlar, aziz yurtdoshlar! 

Jahon ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, qariyb bir yarim yildan beri insoniyatga sinov, imtihon bo‘lib kelgan vabo – koronavirus pandemiyasi uchinchi, ayrim mamlakatlarda to‘rtinchi to‘lqin tarzida namoyon bo‘lmoqda. Allohga shukrki, o‘tgan yili hukumatimiz va O‘zbekiston musulmonlari idorasi amalga oshirgan qator chora-tadbirlar sabab ushbu kasallikning oqibatlari birmuncha yengil kechdi. Ammo bu yilgi yoz chillasi kirib kelishi bilan virusning tarqalishi yana avj oldi.    

 

Pokiston Bosh vaziri Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

Ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov hamrohligida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi.

 Qur'on tilovat qilinib, buyuk alloma yod etildi.

 Islom olamida muhaddislar sultoni, deb e'zozlanadigan Imom Buxoriy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish, bu zot nomi bilan bog‘liq maskanni obod etish borasida olib borilayotgan ishlarga Pokiston Bosh vaziri yuksak baho berdi.

 

“QUR'ONI KARIM SURALARI VA DUOLARI FAZILATI” KITOBI YUZASIDAN XABARNOMA

Shu kunlarda Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Qur'oni karim suralari va duolari fazilati” nomli kitobda “Baqara” surasidagi xatoliklar to‘g‘risidagi xabarlar keng tarqalmoqda. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston musumonlari idorasi mutaxassislari o‘rganishlar olib bordilar. Aniqlanishicha, xatoliklar asosan “Baqara” surasida yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, oyatlardagi arabcha so‘zlar texnik ishlanmalar natijasida o‘rinlari almashib ketgan.

 

QURBON HAYITI 20 IYUL NISHONLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi muhim ahamiyatini e'tiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida:

 

Qurbonlik haqida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taologa beadad hamdu sanolar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo‘lsin

 Qurbonlik lug‘atda “yaqinlashmoq”, “yaqin bo‘lmoq” ma'nolarini bildirib, istilohda bu so‘z Allohga qurbat hosil qilish maqsadida jonliq so‘yishni anglatadi.

 

Obi rahmat masjidining yangi binosi qad rostlamoqda

Allohga beadad shukrki, yurtimizdagi ikki mingdan ziyod masjidlarimiz kundan-kunga obod bo‘lmoqda. Ko‘p masjidlar zamonaviy shaklda ta'mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilmoqda. Xalqimiz bunday jome masjidlarda ibodatlarini xotirjam ado etayotganlaridan mamnunlar.

 

Samarqandda huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Samarqandda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Samarqand harbiy prokuraturasi hamda din vakillari bilan hamkorlikda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida okrug boshqaruv apparati hamda garnizondagi harbiy qism bo‘linma komondirlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi. 

 

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Xo‘ja Abdurahmon ota" masjidi va Narpay tumanidagi "Xo‘ja Karzon" masjidlariga tashrif

Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Xo‘ja Abdurahmon ota" masjidi va Narpay tumanidagi "Xo‘ja Karzon" masjidlarida bo‘lib masjidlarning karantinga tayyorgarligini va namazxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

Chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarga tashrif davom etmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarga tajribali imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 9 iyul Juma kuni Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Urgut tumani “Soyg‘o‘s” masjidiga, Samarqand tumani “Imomi A'zam” masjidi imom-noiblari Abdurahim domla Po‘latov va Nurullo domla Nabiyev Urgut tumani “Saroy” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on shahar “Muhammad Naqibbek” masjidi imom-xatibi  Anvar domla Nazarov Narpay tumani “Naqishbandiy” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on shahar “Qorirovat” masjidi imom-xatibi  Saydullo domla Ro‘ziyev Paxtachi tumani “Xo‘ja Ziyovuddin” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on tumani “Xo‘ja Abdurahmon ota” masjidi imom-xatibi  Sirojiddin domla Shamsiddinov Narpay tumani “Xo‘ja Karzon” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on tumani “Abul Hasan Andoqiy” masjidi imom-xatibi  Safaxon domla Bokayev Paxtachi tumani “Toshko‘prik” masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.

 

Yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga sharh

E'tiqodlar xilma-xil bo‘lgan va ko‘p millatli jamiyatda bag‘rikenglik, hamjihatlik va o‘zaro totuvlik muhiti, insonparvarlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish hamda mustahkamlash ijtimoiy hayot farovonligiga erishishning asosiy garovidir.

Din shaxsiy dunyoqarash va amal bo‘lib, qonun uni to‘liq kafolatlaydi, har bir shaxsni diniy hissiyotlari kamsitilishidan himoyalaydi.

 

Muftiy hazratlari boshchiligidagi ulamolarning Toshkent viloyatiga tashrifi boshlandi (davomi)

Bugun, 7 iyul kuni yurtimizning taniqli ulamolari Toshkent viloyati Toshkent va Yangiyo‘l tumanlariga tashrif buyurishadi.

Bugunning o‘zida

"Ko‘kterak" jome masjidiga

 

Notiq imom-xatiblarning Urgut tumanidagi masjidlarga tashrifi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara hududlarda joylashgan masjidlarga notiq imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 2 iyul Juma kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Urgut tumani “Boybul” masjidiga, Samarqand shahar “Shohi Zinda” masjidi imom-xatibi  Samariddin domla Mirzayev Urgut tumani “Yoqub Oxun” masjidiga, Ishtixon tuman “Polvon ota” masjidi imom-xatibi  Alijon domla Yoqubov Bulung‘ur tumani “Cho‘yantepa” masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.

 

Xushxabar: Qo‘shimcha Qur'on kurslari ochildi

Allohga shukrki, taraqqiyotimizning yangi davrida yurtimiz aholisining diniy-ma'rifiy ehtiyojlarini qondirish yo‘lida bir qator xayrli va tarixiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

 

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun

1992 yil 2 iyulda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Mamlakatimiz mustaqilligining ramzi - Davlatimiz gerbini barcha birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom ma'nodagi asl tasvirini ko‘radi: purviqor tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turibdi. Bu esa o‘xshashi yo‘q diyorimiz maftunkorligiga o‘ziga xos ishoradir.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing