Xabarlar

Uchta viloyatga bosh imom-xatiblar tayinlandi

28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Surxondaryo, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida videomuloqot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati - 2025

Muborak Ramazoni sharifda tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar

 

Bulung‘ur tumanida sayyor yig‘ilish va uning doirasida uchrashuv va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2025 yil 21 yanvar kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Bulung‘ur tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 16 ta masjid imom-xatiblari va imom-noiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari tumandagi 16 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi.

 

2024 yil faoliyat sarhisob qilindi

Bugun, 18 dekabr kuni  Samarqand viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan tuman-shahar bosh imom-xatiblari va bosh otinoyilari bilan 2024 yil sarhisobi bo‘yicha yakuniy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida Xayrullo domla Sattarov yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar va soha vakillari oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, imom-domlalar har bir ishni qonunchilik doirasida amalga oshirishlari va din peshvosi bo‘lgan imomlar jamiyatning eng namunali kishisi bo‘lishlariga katta urg‘u qaratdi.

 

Ko‘chat ekishning 3 savobi

Davlatimiz rahbari tomonidan boshlangan “Yashil belbog‘” barpo etish loyihasi yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilib, maydonlarda daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda.
 

 

Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi

2024 yil 26 noyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari, Toshkent viloyati vakilligi xodimlari, tuman va shaharlarning bosh imom-xatiblari,  Yangiyo‘l tumani imom-xatiblari, otinoyilari, shuningdek, “Haj – 2024” ziyoratchilari va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etdi. 

 

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Payariq tumanida o‘tkazildi

Bugun, 2024 yil 12 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan  navbatdagi sayyor yig‘ilish Payariq tumanida o‘tkazildi.

 

Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2024” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi

Xabar berganimizdek, Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom xatib va imom noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2023” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi boshlangan edi.Tanlov 3 ta hududa bo‘lib o‘tdi.

Shuning bilan Samarqand viloyatida tashkil etilgan “Yil imomi 2024” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

 

Fuat Sezgin: Dunyo xaritalarini birinchi bo‘lib musulmonlar chizgan

Atoqli turk olimi Fuat Sezgin Afrika, Osiyo va Yevropa xaritalari dastlab musulmonlar tomonidan tuzilgani, ularning mualliflari yevropaliklar degan fikr noto‘g‘ri ekanini ta'kidladi, deb yozadi “Anadolu” agentligi.

 

Bosniyadagi tarixiy masjid uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana ochildi

Bosniya va Gersegovinadagi tarixiy Senan Bey masjidi Turkiya tomonidan ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.

1992–1995 yillardagi Bosniya va Gersegovina urushi chog‘ida serb qo‘shinlari tomonidan vayron qilingan tarixiy Senan Bey masjidi Turkiya tomonidan asl rejaga ko‘ra ta'mirlanib, ochildi, deb yozadi IQNA sayti “Anadolu”ga tayanib.

 

2024 YILDA 1,8 MILLIONDAN ZIYOD ZIYORATCHI HAJ AMALINI ADO ETDI

 Saudiya Arabistoni Podshohligi statistika Bosh boshqarmasi haj amallarini bajarish uchun kelgan ziyoratchilar sonini e'lon qildi. Unga ko‘ra:

 Bu yil 1 million 833 ming 164 nafar kishi haj amalini ado etgan. Shundan mahalliy ziyoratchilar soni 221 ming 854 nafar.

 Hojilarning 958 137 nafari erkak, 875 027 nafari esa ayollardir.

 Ziyoratchilarning 22,3 foizi arab, 63,3 foizi esa Osiyo, 11,3 foizi Afrika davlatlaridan, 3,1 foizi esa Yevropa, Amerika, Avstraliya va boshqa mamlakatlardan kelgan ziyoratchilar tashkil etgan.

 Ziyoratchilarning asosiy qismi havo yo‘llari orqali kelgan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoevga diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

Diniy-ma'rifiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoevga diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

 Batafsil (https://telegra.ph/Dinij-marifij-j%D1%9Enalishdagi-masalalar-k%D1%9Erib-chi%D2%9Bildi-06-19)

 

Diniy-ma'rifiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoevga diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

⚡️ Batafsil (https://telegra.ph/Dinij-marifij-j%D1%9Enalishdagi-masalalar-k%D1%9Erib-chi%D2%9Bildi-06-19)

 

HOJILARIMIZ 22 IYUNDAN YURTIMIZGA QAYTADI

 “Haj – 2024” mavsumi ibodatu ziyoratlarini ko‘tarinki kayfiyatda nihoyasiga yetkazayotgan ziyoratchilarimiz joriy yilning 22 iyun – 12 iyul kunlari yurtimizga qaytib keladi.

 Yurtdoshlarimiz Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlariga “Uzbekistan Airways”ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlari orqali parvoz qilib, qaytib keladilar.

 

Viloyatimizdagi 285 ta jome masjidida Qurbon hayiti namozi ado etildi

Hayit namozida Qurbon hayiti bayramining tarixi, ma'naviy qadriyatlarimiz yuksalishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, bugungi farovon hayotimiz mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi.

Hayit namozida yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duo qilindi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing