Bugun, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov "Xo‘ja Abdu Darun" masjidida jamoat bilan uchrashib, "Boqimandalik va mehnat fazilati" mavzusida ma'ruza qildilar.
Bugun, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov "Xo‘ja Abdu Darun" masjidida jamoat bilan uchrashib, "Boqimandalik va mehnat fazilati" mavzusida ma'ruza qildilar.
Ma'ruzada halol mehnatning fazilati, bo‘sh va qarovsiz hayotning inson hamda jamiyat uchun zarari haqida so‘z yuritildi. Islom mehnatsevarlikka chorlashini, har bir kishi o‘z rizqini halol yo‘l bilan topishi lozimligini ta'kidladilar.
Shundan so‘ng, domla jamoat bilan birgalikda taroveh namozini ado etdilar.
Alloh taolo yurtimizni obod, xalqimizni mehnatsevar va farovon qilsin!
Kiritilgan vaqti: 04/03/2025 13:11; Ko‘rilganligi: 176
Chop etilgan vaqti: 25/04/2025 23:05